"Real", MYU va PSJ Ronalduning transferi haqida o'ylamoqda. Forvardning maoshi muammo bo'lishi mumkin
17 mar 2021 17:15
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/625824_original.jpg)
![](/upload/storage/625824_220.jpg)
"Real", MYU va PSJ Ronalduning transferi haqida o'ylamoqda. Forvardning maoshi muammo bo'lishi mumkin
Hujumchi Krishtianu Ronaldu yozgi transfer oynasida "Yuventus"dan ketishi mumkin.
36 yoshli portugaliyalik futbolchi bilan shartnoma imzolashni "Real", "Manchester Yunayted" va PSJ klublari ko'rib chiqmoqda. Ammo, bunday transfer amalga oshirishda pul muammo tug'dirishi mumkin. Ushbu klublarning barchasi Italiyada mavjud bo'lgan qulay soliq stavkalaridan foydalana olmaydi.
Ronaldu bilan shartnom imzolamoqchi bo'lgan klublar uni jalb qilish uchun boshqa yo'lni qidirishlari kerak. Futbolchi barchaga malum bo'lganidek soliqlardan tashqari 31 million evro maosh oladi.
Ronaldu joriy mavsum A Seriya doirasidagi 23ta o'yinda maydonga tushib, 23ta gol va 3ta assist qayd etdi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar