"Real" muxlislarining yarmidan ko'pi Beylni 153 mln evroga sotgan bo'lardi
24 dek 2014 11:17
Yangiliklar


"Real" muxlislarining yarmidan ko'pi Beylni 153 mln evroga sotgan bo'lardi
Ispaniyaning "AS" gazetasi muxlislarning Garet Beylga bo'lgan munosabatini aniqlash uchun, o'z o'quvchilari o'rtasida so'rov o'tkazdi.
Oldinroq futbolchiga "Manchester Yunayted" qiziqish bildirgan va uning uchun 153 mln evro to'lashga tayyorligini malum qilgan edi.
Muxlislar "Beylni shu pullarga sotgan bo'larmidingiz" degan savolga javob berishlari kerak edi.
So'rov natijalariga ko'ra, muxlislarning 53,75% bunga ijobiy fikr bildirgan.
Eslatib o'tamiz, oldinroq "Qirollik klubi" Beylni faqat 1 mlrd evro evaziga qo'yib yuborishini malum qilgan edi.

Fikrlar