"Real" muxlislari uchun xushxabar

Aslanov Jasurbek
6 mar 2017, 10:43
Kichik jarohat tufayli "Eybar"ga qarshi LaLiganing 26-tur uchrashuvini o'tkazib yuborgan "Real" hujumchisi Krishtianu Ronaldu kecha mashg'ulotlarda to'liq ishtirok etdi.

Portugaliyalik "Napoli"ga qarshi Chempionlar ligasining 1/8 final uchrashuvida maydonga tushishi kutilmoqda. Ispan OAVning taxminlariga ko'ra, Ronaldu o'yinga tayyor.

"Real" hamda "Napoli" o'rtasida Madridda o'tgan bahs 3:1 hisobida ispanlarning g'alabasi bilan yakunlangan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: AS