"Real" muxlislari Ronalduning o'zini tutishidan norozi
09 fev 2015 10:47
Yangiliklar


"Real" muxlislari Ronalduning o'zini tutishidan norozi
"Real"ning ko'plab muxlislari jamoa hujumchisi Krishtianu Roanlduning o'zini tutishiga etiroz bildirishdi.
Ularning fikricha, portugiyalik futbolchi "Atletiko"dan uchralgan yirik mag'lubiyatdan so'ng o'zining 30-tug'ilgan kuniga atalgan bayram uyushtirmasligi kerak edi. Karlo Anchelotti shogirdlari madrid derbisida 4:0 hisobida raqib tomonidan taslim etildi va o'yindan so'ng Ronaldu 150 kishilik bayram kechasini tashkil qilgan. Bundan xatto uning jamoadoshlari ham norozi bo'ldi.
Jorje Mendeshning takidlashicha, Ronaldu bu bayramni bekor qila olmas edi, chunki bu tadbir bir oy oldin rejalashtirilgan va unga Portugaliyadan futbolchining oilasi etib kelgan edi.

Fikrlar