"Real" muxlislari jamoaning muvaffaqiyatsizliklarida Zidanni aybdor deb hisoblamoqda. Nega?

Alisher
20 sen 2019, 11:55
Zinedin Zidan "Real"ning joriy mavsumdagi muvaffaqiyatsizliklarining bosh sababchisidir.

Zidan "Real"ga qishda qaytib keldi. Undan oldin jamoani Xulen Lopetegi va Santyago Solarilar boshqarishdi.

Madridliklar yozda transferlar uchun 300 million evrodan ortiq sarflashdi. Ulardan faqatgina Eden Azar asosiy tarkibda o'ynamoqda.

Yozda Zidanga kerak deb hisoblanmagan Xames Rodriges va Garet Beyl hozirda jamoadagi asosiy rollardan biridir. Klubning ko'pgina muxlislari esa jamoaning muvaffaqiyatsiz o'yinlarida bosh murabbiy Zidanni aybdor deb hisoblashmoqda.

Eslatib o'tamiz, "qaymoqranglilar" CHL guruh bosqichi 1-tur doirasida PSJga yirik 0:3 hisobida mag'lub bo'lgan edi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: AS