So’nggi yangiliklar

19:36​"Челси" Стерлинг бўйича таклифларни кўриб чиқади  0 19:25Про лига. "Арал" Нукусда "Олимпик-MobiUz" билан ўйнамоқда (онлайн ҳисоб)  0 19:08"Ал Насср" бир киши кам бўлиб, "Ал Иттиҳод"ни мағлуб этди ва Саудия Арабистони Суперкубоги финалига чиқди  12 18:44Breaking! "Истанбул Башакшеҳир" Аббос Файзуллаев трансфери учун пул тўлади  7 18:33Легионер мураббий ва ҳужумчи, "Динамо" посбони, чиройли гол урган ҳимоячи — Суперлигада 19-турнинг энг яхшилари   1 18:19Суперлига 19-тур рамзий терма жамоаси  0 17:58Каррагернинг фикрича, АПЛ янги мавсумида "Ливерпуль" чемпион бўлади. Невилл талқинида эса "Арсенал"...  1 17:22"Футбол олами". "Нефтчи" Наманганда ғолиб, Абрамов Қосимовдан устун келди, "Андижон"да яна мағлубият  0 16:29"Барселона" янги мавсум учун учинчи либосини тақдим этди  2 15:41"Интер" Онанани ортга қайтармоқчи  1 15:12Рэшфорд: "Барселона" ушбу мавсум треблни расмийлаштириши мумкин"  8 14:43"Челси" ҳужумчиси фаолиятини "Астон Вилла"да давом эттириши мумкин  0 14:14"Ливерпуль" ҳимоячиси жамоани тарк этиши мумкин  2 13:42"Манчестер Юнайтед" "Кристал Пэлас" ярим ҳимоячисини сотиб олмоқчи  0 13:13Натижа ортидаги оғриқлар. ЎФА 2009 йиллар борасида қарор қабул қиладиган вақт келмадими?  11

"Real" Mendini sotmoqchi Yangiliklar

"Real" Mendini sotmoqchi

Nomzodlar tayyor.

So'ngui xabarlarga ko'ra, "Real" yangi transfer oynasiga tayyorgarlikni boshlagan va tarkibni kuchaytirish bo'yicha ishlar olib borilmoqda. Klub rahbariyati himoyani kuchaytirishga urg'u bermoqchi va shu sabab himoyachi Ferlan Mendining klubdan ketishi hakida gap-so'zlar ko'paya boshladi. Franciyalik qanot himoyachisi asosiy tarkibda ko'p o'ynayotganiga qaramay, uning klubdagi kelajagi porloq emas va Peres uning o'rniga yangi nomzodlarni qidira boshlagan.

Ispan nashlarining yozishicha, Mendining o'rniga ikkita ehtimoliy nomzod bor – "Bavariya" futbolchisi Alfonso Devis va "Jirona" vakili Migel Guterres.

Migel Guterres asli "Real" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi va o'tgan mavsumlarni "Real"ning turli toifadagi yoshlar jamoasida o'tkazgan, uning "qaymoqranglilar" safidagi oxirgi manzili "Real Madrid B" jamoasi edi. Yozda Guterres "Jirona"ga ko'chib o'tdi va bu mavsum ushbu klub safida harakatlanmoqda. Xabarlarga ko'ra, "Real" o'yinchining bu mavsumdagi harakatlarini kuzatib, 2023 yil yozda sotib olish bo'yicha so'nggi qarorni qabul qiladi. Agar transfer amalga oshsa, transferning taxminiy miqdori 20 million evroga teng bo'ladi. 21 yoshli o'yinchi ushbu mavsum La Ligada 13 ta uchrashuvda ishtirok etdi va o'z nomiga 2 ta golli pas yozdirib qo'ydi.

"Real"ning chap qanot himoyasini kuchaytirishi mumkin bo'lgan ikkinchi nomzod – "Bavariya" himoyachisi Alfonso Devis. Klub Prezidenti Florentino Peres kanadalik himoyachini klubning yaqin yillardagi eng katta transferlaridan biri bo'ladi deb hisoblamoqda. "Real" Devisni 2024 yil yozida o'z safiga qo'shib olmoqchi, bunga sabab uning "Bavariya" bilan bo'lgan amaldagi shartnomasidir, kanadalik o'yinchining amaldagi klubi bilan shartnomasi 2025 yilning yozida tugaydi. "Qirrolik klubi"ning rejasiga ko'ra Devisga bo'lgan talab va uning transfer bozordagi narxi 2024 yilda shartnomasi tugashiga bir mavsum qolganda ancha pasayadi. SHu sabab Madrid klubi uni 2024 yilda sotib olishni rejalashtirmoqda. Ustiga ustak Devisning atletik qobiliyatlari "Real"ni qiziqtirmoqda va bu futbolchining Kanada terma jamoasi safida namoyish etgan liderlik qobiliyati ham, qolgan nomzodlar bilan solishtirganda Alfonso tomoniga katta ustunlik bermoqda. Devis joriy mavsum myunxenliklar safida 19 ta uchrashuvda ishtirok etib, o'z nomiga 1 ta gol hamda 4 ta assist yozdirib qo'ydi. Jahon chempionatida esa 3 ta uchrashuvda 1 ta gol urishga erishdi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика