"Real" Mbappeni klubga olib kelish uchun, Beyldan voz kechmoqchi

Aslanov Jasurbek
6 mar 2019, 17:36
Madridning "Real" klubi PSJ hujumchisi Kilian Mbappeni qo'lga kiritish uchun, jamoa vingeri Garet Beylni sotib yubormoqchi.

Xabarlarga ko'ra, YCHLning "Ayaks"ga qarshi uchrashuvdagi muvaffaqiyatsizlikdan so'ng, klub rahbariyati tarkibni yangilab, yosh futbolchilar bilan to'ldirmoqchi.

Uelslik futbolchi muntazam o'yin amaliyotiga ega bo'lmayotgani uchun norozi bo'lmoqda. Uning agenti esa muxlislarning tanqidlari va OAVning mish-mishlariga qaramay, Beylni "blankos"lar safida qolishini ma'lum qilgan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Don Balon