"Real" Mbappe uchun 200 mln evro to'lashi mumkin. Pul tayyor (Xosep Pedrerol)
06 iyu 2023 15:10
Yangiliklar
"Real" Mbappe uchun 200 mln evro to'lashi mumkin. Pul tayyor (Xosep Pedrerol)
Jurnalist Xosep Pedrerol El Chiringuito TV efirida "Real" hujumchi uchun 200 mln evro berishga tayyorligini aytdi.
"Real" prezidenti Florentino Peres va Mbappe 2024 yilning yozida bepul transfer bo'yicha kelishuvga erishgandi. Biroq Kilianning Parij klubiga yo'llagan maktubi va francuz klubining signallari hujumchining transferi bo'yicha muzokaralar yozda ham qizg'in tus olishiga sabab bo'ldi.
"Men faqat "Real"ning rejasini ochib bera olaman. Ular Kilian Mbappe PSJga shartnomani uzaytirmasligini yana aytguncha kutishadi. Ular PSJ bilan muzokara olib borishmaydi. Mbappening onasi shartnoma uzaytirilmasligini tasdiqlagach, "Real" "najotkor" rolini o'z zimmasiga oladi.
Ayni paytda 200 million evro tayyor", – dedi Pedrerol.
AS gazetasi, 200 mln evro boshlang'ich narx ekanligini yozmoqda. Qayd etilishicha, Mbappe faqat "Real"ga o'tmoqchi va bu madridliklarga muzokaralarda yordam beradi. Transfer oynasi yopilishi bilan parijliklarning moliyaviy talablari kamayishi mumkin.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон ўсмирлар терма жамоаси илк турда Парагвайни мағлуб этиб, мусобақани ғалаба билан бошлади
Суперлига. "Бухоро" ўз уйида бир киши кам "Нефтчи"дан очко тортиб олди
ЕЧЛ. "Ливерпуль" ўз уйида "Реал Мадрид"ни мағлубиятга учратди
ОЧЛ-2. "Андижон" кетма-кет тўртинчи марта 0:0 ҳисобида дуранг ўйнади
Fikrlar