“Real”, “Man Siti”, “MYU”, “Bavariya”, “PSJ” International Champions Cup-2018 turnirida!
16 apr 2018 22:44
Yangiliklar


“Real”, “Man Siti”, “MYU”, “Bavariya”, “PSJ” International Champions Cup-2018 turnirida!
Ananaviy mavsum oldi International Champions Cup turnirining bu yilgi ishtirokchilari nomi malum bo'ldi.
Yozda o'tkaziladigan turnirda Angliya, Ispaniya, Italiya, Germaniya, Franciya va Portugaliyadan jami 17ta klub ishtirok etadi.
International Champions Cup-2018 ishtirokchilari: “Real”, “Tottenxem”, “Yuventus”, “Milan”, “Manchester Siti”, “Liverpul”, “Manchester Yunayted”, “Bavariya”, “CHelsi”, “PSJ”, “Arsenal”, “Sevilya”, “Roma”, “Inter”, “Borussiya” Dortmund, “Benfika” va “Atletiko”.
Ertaga, 17 aprel kuni musobaqa taqvimi elon qilinadi. Turnir uchrashuvlari Avstriya, Italiya, Singapur, SHveciya, SHveycariya va AQSHda o'tkaziladi. O'tgan yili International Champions Cup turnirida “Barselona” jamoasi g'oliblikni qo'lga kiritgandi.
Havola :
Yangiliklarni Telegramda o'qing!
O’xshash yangiliklar

Fikrlar