“Real Madrid” rahbariyati xavotirda

Khoja
8 mar 2024, 10:54
“Real Madrid” rahbariyati jamoaning so'nggi o'yinlardagi jismoniy holatidan xavotirda, deya xabar beradi The Athletic.

Manba bergan xabarga ko'ra, “Real Madrid” barcha musobaqalardagi so'nggi sakkizta o'yinning to'rttasida durang natija bilan yakunlanganidan keyin klub rahbariyati jamoaning formasidan xavotirda. Klub o'yinchilarning jismoniy holatini o'rganadi. Futbolchilarni kuchi, tezligi va chidamliligi o'rganilari.

“Real” chidamlilikka ko'proq e'tibor qaratish niyatida va keyingi hafta mashg'ulotlarda CPAP (uzluksiz ijobiy havo bosimi) niqoblarini qaytadan joriy qilishni rejalashtirmoqda.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: The Athletic