"Real Madrid" La Ligada mag'lubiyatga uchramagan yagona klub bo'lib qolmoqda
17 okt 2022 00:06
Yangiliklar


"Real Madrid" La Ligada mag'lubiyatga uchramagan yagona klub bo'lib qolmoqda
"Barselona" joriy mavsumda La Ligada ilk bor mag'lub bo'ldi.
Kataloniya klubi Ispaniya chempionatining 9-turi doirasidagi “Klassiko”da “Real”ga yutqazdi (1:3).
SHu tariqa Xavi shogirdlarining ketma-ket etti o'yindan iborat g'alabali seriyasiga chek qo'yildi.
O'z navbatida, Karlo Anchelotti shogirdlari La Ligada hali mag'lub bo'lmagan yagona klub bo'lib qolmoqda. Madridning “Real” klubi 9 turdan keyin 25 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamga aylandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar