"Real Madrid" Anchelottini CHempionlar ligasidagi 103-g'alabasi bilan tabrikladi
03 noy 2022 22:30
Yangiliklar


"Real Madrid" Anchelottini CHempionlar ligasidagi 103-g'alabasi bilan tabrikladi
Madrid klubi prezidenti Florentino Peres bosh murabbiyga CHempionlar ligasidagi 103-g'alabasi sharafiga esdalik futbolkasini sovg'a qildi.
Eslatib o'tamiz, "qaymoqranglilar" CHempionlar ligasi guruh bosqichi 6-turida "Seltik" ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng (5:1) Anchelotti ushbu turnirdagi 102-g'alabasini qo'lga kiritgani va Aleks Fergyuson natijasini takrorlagani haqida xabarlar paydo bo'lgandi.
Biroq, bu statistikaga 2004/05 yilgi mavsumda “Milan”ning “Inter” ustidan qozonilgan texnik g'alabasi kiritilmagan. O'sha o'yin ikkinchi bo'limda tribunadan "rossonerilar" darvozaboni Didaga qarata otilgan pirotexnik vositalar tufayli to'xtatilgandi.
"Real Madrid" CHempionlar ligasining 2022/23 yilgi mavsumida pley-off bosqichiga yo'l oldi. Madridliklar 13 ochko bilan “Leypcig”, “SHaxtyor” va “Seltik” o'rin olgan guruhda 1-o'rinni egalladi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar