So’nggi yangiliklar

01:10Онаси футболчи бўлган, жинсий зўравонлик сабабли қамалган, муҳтожларни қўллайдиган "Динамо"нинг янги легионери билан танишамиз  0 00:47"Орзуим — "Реал"ни бошқариш". Эрик Шель Мадрид тарихига кирмоқчи  4 00:15Назорат баҳси. "Сурхон" - "Шинник" 0:2  0 00:00Элит ОЧЛ. Бугунги барча ўйинларда дуранг қайд этилди  0 23:39"Майдондаги ягона нопрофессионал — ҳакам!" Спаллетти "Лацио" билан ўйиндан сўнг портлади  0 23:16Карвахаль ва Арбелоа ўртасида зиддият борми?  0 22:41Роналду машғулотларга қайтди! У Туркманистонга учадими?  8 22:30Рўзиқул Бердиев: "Иккинчи бўлимда ўзимизни кўрсата олмадик"  12 22:10Салоҳ учун космик маош! Саудияликлар "Миср қиролини" Роналдунинг ўрнига тайёрламоқда  6 21:45"Барселона" мавсум сўнгигача қарзларидан қутула оладими?  10 21:36"Қўқон-1912" Қозоғистон жамоасини мағлуб этди  2 20:50Ҳусниддин Алиқулов: Янги шартнома ва оғир жароҳат  12 20:40Элит ОЧЛ. "Насаф" турнирдаги дастлабки очкосини қўлга киритди  81 20:24Ўртоқлик ўйини. Ўзбекистон U-20 - Хитой U-20 1:1  0 19:57ОКМК Қозоғистон жамоасини мағлубиятга учратди  0

"Real Madrid" 2:2 Keylor Navas Yangiliklar

"Real Madrid" 2:2 Keylor Navas

Bir necha soat avval PSJ Madridda iroda ko'rsatib durangga erishganiga guvoh bo'ldik.

Real Madrid

Karim Benzema - 17', Karim Benzema - 79'

Champions League Grp. A . 5-tur

27/11/2019, 01:00

2
:
2
Tugadi

Paris Saint-Germain

Kylian Mbappe - 81', Pablo Sarabia - 83'

Stadion: Estadio Santiago Bernabeu, 75534 tomoshabin

Bosh hakam: Artur Dias

45'
90'
17'  Karim Benzema
17'  Isco
43'  Thibaut Courtois
68'  Marcelo
68'  Eden Hazard (Gareth Bale)
76'  Federico Valverde (Luka Modric)
79'  Karim Benzema
79'  Marcelo
82'  Isco (Rodrygo)
46'  Idrissa Gana Gueye (Neymar)
75'  Angel Di Maria (Julian Draxler)
75'  Mauro Icardi (Pablo Sarabia)
81'  Kylian Mbappe
81'  Thomas Meunier
83'  Pablo Sarabia
89'  Thomas Meunier

Mazkur uchrashuv PSJ postini qo'riqlagan Keylor Navas uchun principial ahamiyatga ega ekanligi, u har galgidan yaxshiroq o'yin namoyish qilishini kutgandik. Ammo kosta-rikalik darvozabonning o'zi ham bugungidek yorqin o'yin namoyish qilish haqida o'ylab o'am ko'rmagan bo'lsa kerak. SHunisi aniqki, irodani PSJ emas, Navas namoyish qildi. SHaxsan Florentino Peres uchun edi bu namoyish. Navas "Qirollik klubi" prezidentining qarori xato ekanligini isbotlash uchun urindi va buni isbotladi. Uning seyvlari fonida o'tkazib yuborgan ikkita goli ko'rinmay qoldi. 

Navas bugun maydonda borini berdi. Bir darvozabon qilishi mumkin bo'lgan hamma ishni qildi. U o'yinga berilib ketib, o'zi istamagani holda Karim Benzemani jarohatlab qo'yishiga ham ozgina qoldi.

Yaxshiki, hammasi yaxshilik bilan yakunlandi.

U o'yin davomida Valverdega nisbatan aldamchi harakat ham amalga oshirdi.

FAKT: Butun o'yin mobaynida darvozasi "o'qqa tutilgan" Keylor bugun o'z hisobiga 10 ta seyv yozdirib qo'ydi. Uning darvozasiga qanday zarbalar yo'llanganiga o'zingiz guvohsiz. Haqli ravishda Navas uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi ("whoscored" sportga ixtisoslashgan axborot portali). 

FAKT: Bugun Keylorga qarama-qarshi darvozani qo'riqlangan Tibo Kurtua hisobiga 2 seyv yozildi. U shuncha gol ham o'tkazib yubordi.

 

Belgiyalik darvozabon qizil kartochka ham ishlab oldi, ammo uni VAR tizimi qutqarib qoldi.

Siz qanday fikrdasiz: Tibo Kurtua va Keylor Navas orasida farq qanchalik va kimning foydasiga? "Real" posboni ijrosidagi eng qo'pol xato Mauro Ikardiga nisbatan qo'pollik ishlatgan vaziyatimi? Keylor Navas butun boshli "Real"ga qarshi yolg'iz o'ynadi, deb hisoblaysizmi?

Faxriddin Ro'ziev tayyorladi

Reyting: +27   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика