So’nggi yangiliklar

08:21Мессига гапирган гапи учун Аргентина вазир ўринбосари ишдан олинди  6 07:57Қорақалпоғистонда жойлашган «Турон» стадиони халқаро стандартларга мос реконструкция қилинади  2 07:28Бугун Ўзбекистон ОТЖ олимпиададан олдин сўнгги назорат учрашувида майдонга тушади  7 01:35Ташкилотни кескин танқид қилган Марсело Бьелсага КОНМЕБОЛ томонидан иш очилди  5 01:15Расман: Моуринью бошқарувидаги "Фенербахче" Сен-Максименни ижарага олди  1 00:55Вагиз Галиулин: “Ўзбекистон Суперлигаси савияси Россия биринчи дивизионидан анча юқорилаб кетди”  5 00:33Расман: Австралия терма жамоаси дарвозабони "Рома"га ўтди  1 00:10"Ордабаси" ЕЧЛ саралашидаги юришини биринчи босқичдаёқ тугатди   6 23:35Килиан Мбаппе: "Перес – дунёдаги энг зўр президент"  15 23:05Ўртоқлик ўйини. "Нефтчи" Тожикистоннинг "Хўжанд" жамоасини мағлуб қилди  1 22:39Ўртоқлик ўйини. ОКМК Тожикистон грандини ўта йирик ҳисобда таслим этди  9 21:44Обамеянг "Марсел"дан кетишини эълон қилди. Ҳужумчи Саудия Арабистонига йўл олади  0 21:21Ламин Ямаль янги мавсумни янги рақамда бошлайди  228 20:54Марко Ройснинг кейинги манзили аниқ бўлди  1 20:30Расман: Тиаго Алькантара "Барселона" мураббийлар штабига қўшилди  2

"Real" bir amallab "Levante"ni mag'lub etdi Yangiliklar

"Real" bir amallab "Levante"ni mag'lub etdi

"Real" hamda "Levante" o'rtasidagi Ispaniya chempionati 4-tur uchrashuvi yakuniga etdi.

Real Madrid

Karim Benzema - 25', Karim Benzema - 31', Casemiro - 40'

LaLiga . 4-tur

14/09/2019, 16:00

2
:
3
Tugadi

Levante

Borja Mayoral - 49', Gonzalo Melero - 75'

Stadion: Estadio Santiago Bernabeu, 60726 tomoshabin

Bosh hakam: Ricardo De Burgos

45'
90'
25'  Karim Benzema
25'  Daniel Carvajal
28'  Casemiro
31'  Karim Benzema
31'  James Rodriguez
40'  Lucas Vazquez
40'  Casemiro
40'  Vinicius Junior
60'  Casemiro (Eden Hazard)
60'  Sergio Ramos (Eder Militao)
83'  Karim Benzema (Luka Jovic)
49'  Borja Mayoral
49'  Carlos Clerc
56'  Nikola Vukcevic (Enis Bardhi)
68'  Oscar Duarte (Gonzalo Melero)
68'  Ruben Rochina (Roger)
75'  Gonzalo Melero
75'  Jose Campana
80'  Ruben Vezo
90'  Carlos Clerc


"Real" – "Levante" 3:2

"Santyago Bernabeu"

Gollar: 1:0 – 25 Benzema, 2:0 – 31 Benzema, 3:0 – 40 Kazemiro, 3:1 – 49 Mayoral, 3:2 – 75 Melero.

"Real": Kurtua, Varan, Marselo, Karvaxal, Ramos (Militao, 60), Vaskes, Kazemiro (Azar, 60), Kroos, Xames, Vinisius Junior, Benzema (Yovich, 83).

"Levante": Fernandes, Duarte (Melero, 68), Vezu, Klerk, Miramon, Rochina (Roxer Marti, 68), Kampanya, Vukchevich (Bardi, 56), Postigo, Mayoral, Morales.

Ogohlantirishlar: Kazemiro (28), Vaskes (40), Vezu (80), Klerk (90).



BAHS YAKUNLANDI! 

90+4. Morales to'pni jamoadoshlariga uzataman deb darvozaga zarba berib yubordi, biroq to'p tashqi tomondan to'rga tegdi.

90+2. ZARBAAA! Kurtua jamoasini muqarrar goldan qutqarib qoldi. Bosh bilan berilgan zarba yaqin masofadan amalga oshirilganiga qaramasdan, belgiyalik posbon o'zini ko'rsata oldi.

90. Azar gol urishni judayam istayapti, ammo "Levante" futbolchilari follar yordamida belgiyalikning istagiga qarshi chiqishmoqda.

87. "Levante" hujumlari soni sezilarli darajada ko'payib qoldi. So'nggi daqiqalar juda qiziq o'tadigan ko'rinadi.

86. O'zgarish: Luka Yovich Karim Benzema o'rniga maydonga tushdi.

81. Jamoalar tezkor hujumlar bilan almashishdan charchashmayapti, biroq so'nggi aniq zarbani beradigan futbolchi topilmayapti.

80. CHap burchak bayroqchasi oldida Azarga nisbatan qoida buzildi. Standartni Xames amalga oshiradi.

78. Benzema qulay vaziyatdan darvozaga zarba berish vazifasini eplay olmadi. U tepgan to'p umuman boshqa tarafga ketdi.

77. "Levante" hujumlari to'xtamayapti. Zidan esa shogirdlarini oldinga o'tishga chorlayapti.

75. GOOOL! Gonsalo Melero burchak bayroqchasi yonidan uzatilgan to'pni darvozaga boshi bilan joylab qo'ydi. Intriga qaytdi! 3:2

73. O'yin tempi biroz pasaydi va "Levante" ham kombinacion hujumlarga o'ta boshladi.

66. AZAAAAR! Eden LaLigadagi debyutida gol urishga juda yaqin keldi, ammo darvozabon Aytor belgiyalikni bunday baxtdan mosuvo qildi.

62. GOOOL! Lekin hakam golni hisobga olmadi. "Real" futbolchisida ofsayd bor ekan. "Real

60. O'zgarish: Eden Azar Kasemiro o'rniga maydonga tushdi.

58. Hozir "Real" uchun tarixiy voqea yuz beradi, Eden Azar maydonga tushishga tayyorgarlik ko'ryapti.

57. BENZEMAAA! Karim jarima maydonchasi chizig'i oldida bir raqibini aldab, o'ng oyog'ida darvozaning uzoq burchagiga zarba berdi. To'p ustunga tegib qaytdi.

53. Hisob qisqarganidan so'ng "Real" bir nechta tezkor hujum amalga oshirdi, biroq ularning hech biri gol  bilan yakunlanmadi.

49. GOOOL! "Real" futbolchisi Tibo Kurtua darvozasini ishg'ol qildi. Bu avtogol emas. SHunchaki "Qirollik klubi"ning "Levante"da ijarada o'ynayotgan futbolchisi Borxa Mayoral o'z hisobiga gol yozdirib qo'ydi va uni nishonlamadi.

47. Azarni kutayotganlar uchun: Tarkiblarda hech qanday o'zgarish yo'q.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi. Hisob 3:0 ligicha qoldi. VAR tizimi orqali aniqlangan ofsayd hisobga olinmadi.

TANAFFUS

45+1. Takroriy lavhada Benzema gol bo'lishidan oldin to'pni qabul qilayotganda ofsaydda ekanligi ko'rsatildi. Tanaffusdan keyin referi golni bekor qilib, ikkinchi bo'lim 2:0 hisobi bilan boshlanishi mumkin.

45. Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi.

44. Vinisius Junior bir o'zi to'p bilan raqib jarima maydonchasi oldigacha kirib keldi va yiqildi, ammo hakam "Levante" qoida buzmaganiga ishora qilib, bahsni davom ettirish mumkinligini ko'rsatdi.

40. GOOOL! 3:0! Kasemiro o'z hisobiga gol yozdirib qo'ydi. Braziliyalik yarim himoyachi Vinisiusning qanotdan erlatib uzatgan to'pidan so'ng, deyarli bo'sh qolgan darvozani ishg'ol qildi. To'xtang! Hakam VARga murojaat qildi, lekin gol bekor qilinmadi.

34. Marselo jarohat oldi. SHifokorlar maydonda unga tibbiy yordam ko'rsatishmoqda, zaxira o'rindig'ida esa harakat kuzatildi. Zidan Ferlan Mendini chigal yozdi mashg'ulotlarga yubordi.

31. GOOOL! Yana Benzema! Xames Benzemaning bosh bilan yutib bergan to'pni franciyalikka qaytarib, uni darvozabon bilan birga-bir chiqardi. Karim ayyor zarba bilan posbonni mag'lub etdi va hisob 2:0.


25. GOOOL! Karvaxal o'ng qanotdan to'pni jarima maydonchasi ichiga tashladi, to'p to'ppa-to'g'ri Karim Benzemaning boshiga bordi. Franciyalik esa aniq zarba bilan hisobni ochdi. 1:0

23. Ayni damda katta ustunlik "qaymoqranglilaR" tomonida. "Real" raqibni o'z jarima maydonchasiga "qamab", darvozani o'qqa tutmoqda.

21. Zarbaaa! Benzema jarima maydonchasi chizig'i ustidan darvozaning uzoq burchagiga zarba berdi. Aytorning mahorati evaziga "Levante"ni muqarrar goldan qutqarib qoldi.

16. Kroos bu safar jarima maydonchasi ichidan zarba berdi, Abarisketa to'pni qaytardi, germaniyalikning ikkinchi zarbasi himoyachilarga tegib, maydonni tark etdi. Burchak to'pidan naf chiqmadi.

13. Toni Kroos Aytor Abarisketa qo'riqlayotgan darvozani uzoq masofadan ishg'ol qilishga urinib ko'rdi, noaniq zarba.

10. Eden Azar bugun LaLigadagi debyut uchrashuvini o'tkazishi mumkin.

9. Benzema Karvaxal uzatmasi tufayli darvozabon bilan deyarli birga-bir chiqdi, ammo franciyalik to'pni o'ziga to'g'irlay olmadi va darvozabon xavfni bartaraf etdi.

7. Ijara asosida "Levante" sharafini himoya qilayotgan "Real" hujumchisi Borxa Mayoral "Qirollik klubi" darvozasini ishg'ol qilishiga bir necha santimetrlar etishmadi. Uning bosh bilan bergan zarbasi darvoza yonginasida o'tib ketdi.

6. Aytgancha, Xames Rodriges yana "Real" tarkibida. Uni kutganlar ko'p bo'lsa kerak?

2. Ayni damda Madridda yomg'ir yog'moqda. Havo harorati 21+

1. Uchrashuv boshlandi! 


- Jamoalar maydonga chiqib keldi, tarkiblar bilan pastroqda tanishib olishingiz mumkin.

- Assalomu alaykum saytimiz o'quvchilari. Bir necha daqiqalardan so'ng Zinedin Zidan boshchiligidagi "Qirollik klubi" hamda Pako Lopes shogirdlari o'rtasida o'tkaziladigan bahsga start beriladi.

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика