"Real" Kurtuaning o'rniga darvozabonlar short-listini tuzib qo'ydi
10 avg 2023 20:25
Yangiliklar
"Real" Kurtuaning o'rniga darvozabonlar short-listini tuzib qo'ydi
Darvozabon Tibo Kurtuaning jarohati sababli "Real" yana transferlar bozoriga kiradi.
Ispaniya matbuoti xabariga ko'ra, "qaymoqranglilar" belgiyalikning o'rniga darvozabonlar short-listini tuzib qo'ygan.
Ro'yxatda Yassin Bunu, Kepa Arrisabalaga, David de Xea va Keylor Navas kabi darvozabonlar o'rin olgan. SHularning so'nggi ikki nafari ayni damda erkin agent maqomida bo'lib turibdi.
Eslatib o'tamiz, kechagi mashg'ulotlarda "Real" posboni mashg'ulotlarida jarohat olib, ko'z yoshlari bilan maydondan chiqib ketgan. Belgiyalik darvozabonning chap tizzasining xochsimon bog'lami shikastlangani aytilmoqda. SHu sababli u yangi mavsumda umuman maydonga tusha olmasligi mumkin.
"Atletik"ka qarshi o'yinda "Real" darvozasini Andrey Lunin qo'riqlaydi. Ammo navbatdagi o'yinlarga qadar klub darvozabon olib kelishni reja qilmoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar