So’nggi yangiliklar

23:30Ильдар Маматказин: "Навбаҳор" билан зўр финал бўлади. Мухлислар? Яхшиси "Бобур Арена"га келинг"   8 23:08Умар Эшмуродов: "Ҳеч ким уч очкони осонгина бериб қўймайди. Суперлигамиз Малайзия чемпионатидан анча кучлироқ экан"  11 22:40Санжар Турсунов: "Жаҳон чемпионати саралашларида яхши имкониятга эгамиз"  3 22:20Ўзбекистон кубоги. Сўнгги бор финалда қачон водий дербиси бўлган?  13 21:21Ўзбекистон МТЖ Тошкентда йиғинни бошлади. Кулаётган Бобир, хаёл сураётган Ҳожиакбар  11 21:00Эксклюзив интервью. Сречко Катанец: "10 та ўйиннинг барчасида ғалаба қозонмоқчимиз"   12 20:02"Ал Иттиҳод" ПСЖ ярим ҳимоячиси билан шартнома имзолади, here we go!  1 19:38Виктор Осимхеннинг янги жамоаси маълум  8 19:25Рустам Ашурматов: "КХДР терма жамоаси ҳақида тўлиқ маълумотга эга эмасмиз"  9 18:53"Реал"нинг яна бир футболчиси жароҳат олди ва 8 ҳафтага сафдан чиқди  1 18:22Гари Невилл: "Бугун топ-футболчилар МЮга ўтишни истамаяпти"  2 17:22Футзал. Венесуэла футзал терма жамоаси Тошкентга етиб келди  3 16:46Расман: Легионерлардан бири "Ал Насср" билан шартномасини бекор қилди  1 16:00⚡️Сречко Катанец бўлажак рақиб КХДР терма жамоаси ҳақида нималар деди?   8 15:49Де Росси маълумотни тасдиқлади  0

"Real" klubining tarkibi 2019 yilda qanday o'zgarishi mumkin? Yangiliklar

"Real" klubining tarkibi 2019 yilda qanday o'zgarishi mumkin?

2019 yilning yoz faslida "Real" jamoasi bir qator muhim transferlarni amalga oshirishi mumkin.

"Qaymoqranglilar" LaLiganing oxirgi ikki mavsumida yaxshigina qiyinchilikka duch kelishdi. 2016/2017 yilda Ispaniya chempioni bo'lganidan so'ng, madridliklar asosiy raqobatchisi sanaladigan "Barselona" klubidan ortda qolishmoqda. O'tgan mavsumni kataloniyaliklardan 17 ochkolik tafovut bilan yakunlagan Florentino Peres jamoasi (bir o'yin zaxirasi bor) joriy mavsumda ham deyarli chempionlikni qo'ldan boy berishdi (15 ochko orqada). 

LaLiga turnir jadvali >>> 27-TUR holatiga ko'ra

Hafta o'rtasida "Ayaks"ning yoshartirilgan tarkibi "Santyago Bernabeu"da qanday sayr qilib ketishganini eslatmasak ham xotirangizda ancha vaqtga qadar muhrlanib qoldi.  

ECHL. "Ayaks" "Real"ni Madridda qoldirib ketdi

Ayni damda "Real"ga yangi murabbiy kerak, noodatiy uslubda to'p tepadigan futbolchilar klubni avvalgi darajasiga qaytara oladi va shu kabi savollar ko'plab mutaxassislar va futbolga befarq bo'lmagan insonlar orasida muhokamalarga sabab bo'lmoqda. Keling, shularni inobatga olgan holda siz bilan "Real" jamoasining qaysi murabbiy qo'lostida qanday ko'rinishga kelishi va yulduz futbolchilar jamoaning muhitini qay tarzda o'zgartira olish mumkinligini ko'rib chiqamiz.


GALAKTIKOS

Mazkur tarkib yuzaga kelish imkoniyati biroz pastroq. Asosiy sabab sifatida, Neymar "Real"ga o'tmasligi va  Asensio asosiy tarkibga loyiqmasligi singari faktorlarni keltirish mumkin. Ammo, boshqa tarafdan bu klub imidjini qayta tiklash uchun ham xizmat qilishi tabiiy. Junior Firpo, "Real Betis" safida harakat qilayotgan chap qanot himoyachisining o'yini Marseloni eslatib yuboradi. 22 yoshli dominikalik futbolchining hozirgi narxi 25 mln. atrofida baholanmoqda. Ndombele va Memfis Depayning xatti-harkatlari orqali "Lion" o'yinida ijobiy o'zgarishlar kuzatildi. Biri tayanch yarim himoya chizig'ida raqiblar hujumini to'xtatib qolishda faollik ko'rsatib kelayotgan bo'lsa, Memfis Depay yaratuvchanlik qobiliyati evaziga katta ehtimol bilan "Real" o'yiniga rang-baranglik olib keladi.

The Sun: "Real" Neymarni rekord summa evaziga sotib olishni rejalashtirgan"

Neymar uchun Florentino Peres 2-3 nafar yulduz futbolchining narxini to'lashga tayyor. 345 million evro albatta, hazilakam summa emas. Biroq, klubini ketma-ket ECHL g'olibi bo'lishida o'zining hissasini qo'shgan Peresning bu qarorini ham hurmat qilish kerak.


POCHETTINO LOYIHASI

Argentinalik murabbiy mana bir necha oylardan beri "Real"ning asosiy maqsadi bo'lib turibdi. Agar u jamoa rulini o'z qo'liga olsa, tarkib shunday ko'rinishga kelish ehtimoli yuqori bo'ladi. Himoya chizig'ida o'zgarish bo'lmasligi mumkin. Ammo, Odriozola va Nacho qanot himoyachilari bilan tez-tez rotaciya qilinishi va tayanch yarim himoyada oltin avlod futbolchisi sanalayotgan Markos Lorente qora ishni bajarishda Kazemironing o'rnini egallashi haqiqatga yaqin. Jamoa yuragiga aylanishi tahmin qilinayotgan Sebalos o'zining zargarona paslari orqali va Pochettinoning sevimli shogirdi Kristian Eriksen yangi jamoasida, yoshi o'tib borayotgan Modrich va "jomadon" kayfiyatida to'p tepyotgan Kroosning o'rnini bosa oladi. 

Isko ham o'ziga hos uslubda to'p suradigan futbolchi Pochettino nazdida asosiy pley-meyker vazifasini o'tab berishi mumkin. Ronaldu kabi hujumni yakunlay oladigan futbolchi misolida Harri Keyn Pochettino uchun eng muqobil variant va uning sherigi sifatida "Real"ning kelajagi — Vinisius mos keladi.


EDEN AZAR BOG'I

Azar "Real"ga kelsa, jamoa tarkibi butunlay boshqacha tus oladi. Masalan, Antonio Kontening "CHelsi"dagi taktikasi qo'l kelishi ham ehtimoldan holi emas. Militao kabi futbolchi Ramos va Varan bilan elkama-elka bir chiziqda harakat qilgan holda ham o'z tajribasini oshirishi va istedodini 3-4-2-1 taktikasida ko'rsata olishi mumkin. Hozirda 21 yoshli Militao "Portu" klubida asosiy himoyachilardan biri hisoblanadi. Peres ham aynan ko'proq yoshlarga etibor qaratishini o'zingiz yaxshi bilasiz. Sebalosning to'p uchun kurashish imkoniyati yuqoriligi, uzoq masofadan zarbalar berishi va sifatli uzatmalarni amalga oshira olishi, uning boshlang'ich tarkibdan o'rin olish imkonini oshiradi.


Etibor va sezuvchanlik

Yangi tarkib Yovich, Fekir kabi iqtidorli futbolchilar evaziga yuzaga keladi. Garet Beyl hech qaerga ketmasa, Vaskes bilan o'rin almashgan holda ham samarali o'yin ko'rsatishi mumkin. "Real"ning 9-raqamli futbolchisi poziciyasiga "Ayntraxt" hujumchisi Luka Yovich ayni muddao. Uning golga chanqoqligi va vaziyatlardan foydalanish koefficienti yuqori bo'lgani uchun ham "Real"ning istiqbolli loyihasidan joy olishi o'rinli, albatta. Malumot o'rnida, joriy mavsum Yovich Bundesliganing 22 uchrashuvida 15 ta gol urib 6 marotaba golli uzatmani amalga oshirdi. 21 yoshli serbiyalik ajoyib formada bo'lib turibdi. " U bu ketishda keyingi 10 yillikda asosiy hujumchi, "Qirollik klubi"ning to'purariga aylanishi mumkin", deya Squawka nashri mutaxassislari tomonidan baholanmoqda.

Joze Mourinoga kelsak, tarkib o'z holida qoladimi yoki kutilmagan o'zgarishlar guvohiga aylanamizmi? Bu savolni ochiq qoldirgan holda, maqolani etibor bilan o'qiganingiz uchun minnatdorchilik bildiraman.  


Nodir Abdurasulov

Reyting: -29   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика