"Real" Keynga e'tibor qaratdi

Aslanov Jasurbek
8 yanv 2016, 13:45
Angliya terma jamoasi va "Tottenxem" hujumchisi Garri Keyn "Real" qiziqishlari doirasiga tushib qoldi.

Ma'lum bo'lishicha, "Qirollik klubi" bir yildan beri futbolchini kuzatmoqda. Xabarlarga ko'ra, "Qaymoqranglilar" rahbariyati Garet Beyl va Luka Modrich transferidan so'ng "Tottenxem" egalari bilan yaxshi munosabatda ekanligi va shu sababdan tomonlar tezda kelishi olishi tahmin qilinmoqda.

Keynning London klubi bilan amaldagi shartnomasi 2020 yilgacha belgilangan. Futbolchining haftalik maoshi 60 ming evro.

"Real" Keynni qishda xarid qilmoqchi emas va uni kelajakda o'z safiga qo'shib olishi mumkin.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Telegraph