"Real" Kazemironi MYUga 70 mln evro evaziga sotishga tayyor
18 avg 2022 14:21
Yangiliklar
"Real" Kazemironi MYUga 70 mln evro evaziga sotishga tayyor
"Real"ning qancha mablag' evaziga Kazemironi MYUga sotishga tayyorligi malum bo'ldi.
"Real" Kazemironi qadrlaydi, ammo "Manchester Yunayted" 70 million evro taklif qilsa, klub muzokaralar stoliga o'tirishga tayyor.
"Real" fevralda 31 yoshni qarshi oladigan braziliyalik tayanch yarim himoyachisining yoshini va yozda "Monako" tayanch futbolchisi Orelen CHuameni uchun 80+20 mln evro sarflaganini hisobga oladi.
"Man Yunayted" o'yinchining transferini muhim deb hisoblaydi va Kazemironing Ispaniyada olayotgan yiliga 7 mln evrolik maoshini ikki barobar ko'tarishga tayyor.
Kazemiro "Real"da 2013 yildan beri o'ynaydi, u klub bilan 5 bor CHempionlar Ligasida g'olib chiqqan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Панама дарвозасига 6 та тўп йўллади
Эшитдик-да! Кападзе Ўзбекистон терма жамоасидан кетди
Ла Лига. "Реал" меҳмонда "Райо Вальекано"ни мағлуб эта олмади
АПЛ. "Манчестер Сити" "Ливерпул"ни йирик ҳисобда таслим этди, Ҳусанов эса...
Fikrlar