"Real" hujumchisi jamoani tark etishga qaror qildi
04 noy 2025 00:56
Yangiliklar
"L’Equipe" nashri xabar berishicha, Endrik "Lion" klubiga ijara asosida o'tishni xohlamoqda — bu qarorni u Paulu Fonseka bilan suhbatdan keyin qabul qilgan.
Malumotlarga ko'ra, "Lion" bosh murabbiyi Fonseka Endrik bilan telefon orqali gaplashib, uni klub loyihasiga ishontirgan. "Real" forvardi ijara kelishuvi tezroq amalga oshishini xohlamoqda, shunda u 1 yanvardan "Lion" safiga qo'shila oladi.
Biroq "Real" va "Lion" hali transfer shartlarini kelishmagan. Madrid klubi ijara uchun moliyaviy kompensaciya olishni istamoqda. Shuningdek, Endrikning ketishiga Franko Mastantuononing son jarohati ham to'siq bo'lishi mumkin.
Joriy mavsumda 19 yoshli hujumchi La Liganing "Valensiya"ga qarshi (4:0) o'yinida zaxiradan maydonga tushib, jami 11 daqiqa o'ynadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar