"Real" himoyachisi Pepe "SHalke-04"ga qarshi o'yinga tayyor bo'ladi
03 fev 2015 15:52
Yangiliklar


"Real" himoyachisi Pepe "SHalke-04"ga qarshi o'yinga tayyor bo'ladi
"Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti "SHalke-04"ga qarshi CHempionlar ligasi 1/8 final uchrashuvida Pepeni maydonga tushirishi mumkin.
Pepe jarohatdan so'ng individual programma bo'yicha ishlayapti. U so'nggi mashg'ulotda trenajor zalida ishladi va keyin maydonga chiqdi.
Futbolchi qovurg'asidan jarohat olgan edi.
Eslatib o'tamiz, "Real"ning nemis jamoasiga qarshi bahsi 18 fevral kuni, raqib maydonida bo'lib o'tadi.

Fikrlar