

Futbolchi mashg'ulotlarda o'zini yomon his qilgan va og'riq kuchli ekanligidan ko'z yoshlarini tiyib tura olmagan.
22 yoshli futbolchi ushbu mavsumda to'rtinchi marta mushaklaridan jarohatlandi.
Yaqin vaqtlarda u tibbiy ko'rikdan o'tadi va bu boradagi aniq ma'lumotlar beriladi.
Valexo "Real" tarkibida bu mavsumda 7 o'yinda qatnashdi.



