So’nggi yangiliklar

15:07Холанд: "Қизиқчи йигит"  0 14:53Сунъий интеллект АПЛнинг барча даврлар рамзий термасини тузди  3 14:32"Навбаҳор" – "Бунёдкор" учрашувини ким шарҳлаб боради?  2 14:15"Майдонга туш азартда, кўзинг қизил ғазабда!"  0 14:05"Пахтакор" Абдуманноповнинг дубли эвазига "Локо"ни таслим қилган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 13:55Элит ОЧЛ. "Пахтакор"нинг 1-турдаги рақиби сафидаги энг машҳур легионер ким? У Жаҳон ва Европа чемпионатларида гол урган  4 13:42Елкасидан жароҳат олган Сардор Рашидовнинг ҳолати қандай?   4 13:25Наманган вилояти ҳокими ўринбосари "Навбаҳор"га ҳомийлик учун пул олиб, шахсий манфаатларига ишлатиб юборгани аниқланди  31 12:58"Реал" тарихда 20-бор мавсумни дуранг билан бошлади. Улардан нечтасида "Мадрид" чемпион бўла олган?  6 12:35Салоҳ — "1-турлар қироли"  0 12:09Бугун у "Бунёдкор"га қарши  2 11:43"Манчестер Сити" "Олтин тўп"га даъвогар футболчисининг маошини икки баробар оширмоқчи  0 11:15"Барселона" ярим ҳимоячиси жамоадан кетмоқчи  2 10:41Криштиану Роналду фаолиятини қайси клубда якунлаши маълум. У "Ал Насср"дан кетади  21 10:08Sofascore. Кечаги учрашувда Аббосбек Файзуллаевнинг ҳаракатлари неча баҳога лойиқ кўрилди?  7

"Real" - Evropa superkubogi sohibi Yangiliklar

"Real" - Evropa superkubogi sohibi

Evropa Superkubogi uchun bo'lgan bahsda "Real" va "Sevilya" jamoalari o'zaro bellashishdi.
Evropa superkubogi.

Real Madrid Ispaniya – Sevilya Ispaniya 2:0
12 avgust, 23.45, Kardiff Siti Stedium
Bosh hakam
: Mark Klattenburg.

Gollar
: Ronaldo (30, 49)

Real Madrid
- Kasilyas, Pepe, Serxio Ramos, Koentrao (Marselo, 84), Ronaldu, Kroos, Benzema, Xames Rodriges (Isko, 73), Beyl, Karvaxal, Modrich (Ilyarramendi, 86).
Zaxira
: Keylor Navas, Varan, Marselo, Arbeloa, Di Mariya, Isko, Illyaramendi.
Sevilya
- Beto, Koke (Figeuras, 84), Parexo, Facio, Fernando Navarro, Karriso, Krijovyak, Aleks Vidal (Aspas, 66), Denis Suares (Reyes, 78), Vitolo, Bakka.

Ogohlantirishlar
: Vitolo (42), Karvaxal (45), Kroos (53), Navarro (66).

                           MATNLI TRANSLYACIYA
                                    
YANGILASH


Barcha "Real" jamoasi muxlislarini ushbu g'alaba bilan tabriklaymiz!

O'yin tugadi! "Real" jamoasi Evropa superkubogi sohibiga aylanmoqda!

90` "Sevilya" yuqori bosim uyushtirmoqda. Uyg'ondi bular, ammo endi kech emasmi?

88`
Kasilyas bekorga darvozada turmaganini isbotladi.

86`
"Real" safida so'nggi o'zgarish. Modrich o'z o'rnini Ilyarramendiga bo'shatib berdi.

84` O'zgarish.
"Sevilya": Koke o'rniga Figueras maydonga tushdi. "Real": Marselo Fabio Koentrao o'rnida harakat qiladi.

83`
Ronaldo to'p bilan oldinga qarab borayotgan bir paytda raqib himoyachisi undan to'pni olib qo'ydi. Ronaldo esa raqibi bilan to'qnashib ketdi va jarohat olib yotib qoldi. Unga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda.

78`
"Sevilya" safida yana bir o'zgarish. Denis Suarez o'rniga Reyes maydonga tushdi.

75`
"Real" hujumda harakat qilmoqda. "Sevilya" esa gol urishga shoshilmayapti.

73`
"Real" tarkibida o'zgarish. Xames Rodrigez o'rniga Isko maydonga tushdi.

71`
"Real" jamoasining ajoyib kombinacion hujumi. Garet Beyl, Benzema va Modrich ishtirokidagi hujumni Karim Benzema yakunlamoqchi bo'ldi. Lekin franciyalik hujumchining so'nggi zarbasiga aniqlik etishmadi.

68`
Xames Rodrigezning kuchli zarbasini Beto qaytarishga erishdi.

67` O'zgarish. "Sevilya".
Vidal o'rniga Aspas maydonga tushirildi.

66` Ogohlantirish. Navarro.

63`
Garet Beylning jarima zarbasidan tepgan to'pi "jonli devor"ga tegib qaytdi.

Ronaldo o'z "dubl"ini nishonlamoqda

58`
Unai Emeri jamoasining hujumlari yakuniga etmay qolmoqda.

55`
"Sevilya" o'tkazib yuborilgan ikkinchi goldan keyin ruhan tushkunlikka tushib qolgandek. Unai Emeri shogirdlari deyarli oldinga borishmayapti.

53` Ogohlantirish.
Toni Kroos raqibiga nisbatan qo'pol harakat qildi.

50` GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Krishtiano Ronaldo! Toni Kroos boshlagan hujumni Benzema rivojlantirdi va Ronaldo uni samarali tarzda yakunlab, hisobni 2:0ga keltirdi.

50
`Denis Suarez va Vitolo "Real" darvozasi tomon yurish qilishmoqchi bo'lishgandi. Lekin ularning bu rejasi ish bermadi.

48`
"Sevilya"ning tezkor hujumi uzilib qoldi. "Real" esa pozicion hujumni tashkil etishni rejalashtirmoqda.

46` Ikkinchi bo'lim boshlandi.

Krishtiano Ronaldoning goli

Birinchi bo'lim tugadi. TANAFFUS!

45`
Jarima zarbasi samarasiz chiqdi. Mark Klatttenburg birinchi bo'limga 1 daqiqa vaqt qo'shib bermoqda.

44` Ogohlantirish.
Karvaxal Denis Suarezni qoidani buzib to'xtatib qoldi. Jarima to'pi.

42` Ogohlantirish
. "Sevilya" futbolchisi Vitolo Ronaldoga nisbatan qo'pol harakat qildi.

39`
Beylni urinishi samarasiz chiqdi.

37`
Vitolo jamoasining hujumini rivojlantirdi. Lekin uni qo'llaydigan futbolchi topilmadi va hujum uzilib qoldi.

34` Xavfli vaziyat! Karisso! Kasilyas!
Ramosning xatosi jamoasiga qimmatga tushishi mumkin edi. Lekin Karisso tepgan to'pni Iker bartaraf etdi. Hisob tenglashishi bir bahya qoldi.

33`
"Real" hujumlar yomg'irini uyushtirishdan charchamayapti. "Sevilya" esa hozircha o'z o'yinini topib olganicha yo'q.

31` Garet Beyl Ronaldoning qanotidan to'pni jarima maydonchasi tomon oshirdi. Ronaldo esa Beylni qanotidan kirib keldi va to'pni bir zarbasi bilan darvozaga joyladi, 1:0! CHiroyli hujum va gol.

30` GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Krishtiano Ronaldo!

28`
"Sevilya" tarkibidan Suarez ajoyib o'ynamoqda.

27` Burchak to'pidan samara chiqmadi. Lekin keyingi hujum anchagina xavfli ko'rinish oldi. Benzemadan to'pni qabul qilib olgan Ronaldo yaqin masofadan Betoni dog'da qoldira olmadi. Qoyil, Beto!

24`
Ronaldo o'z qanotidan "reyd" uyushtirdi va jamoasi foydasiga burchak to'pi ishlab oldi.

22`
To'p bilan "Real" ayni paytda ko'proq muomalada bo'lmoqda.

20`
O'yin ancha jonlandi. Jamoalar birin-ketin hujumlar tashkil etishmoqda.

19` Xavfli vaziyat! "Sevilya" javob qaytarmoqda! Karvaxal o'z texnikani ko'rsatishga kirishib ketdi jarima maydonchasi oldida to'pni oldirib qo'ydi. Lekin uning baxtiga Kasilyas raqib futbolchisining zarbasini qaytarishga erishdi.

18` Xavfli vaziyat!
Xames Rodrigez nihoyat ko'rinish berdi. Uning ajoyib pasidan so'ng Garet Beyl yaqin masofadan Beto darvozasi tomon zarba yo'lladi. Lekin Beto mahorat ko'rsatdi va jamoasini muqarrar goldan saqlab qoldi.

17`
Xames Rodrigez hozircha deyarli maydonda ko'rinmayapti.

16`
"Sevilya" futbolchilari vaziyatni biroz yumshatish maqsadida to'pni o'z nazoratlariga olishmoqda.

15`
"Real" hujumkorlikni oshirmoqda. Ketma-ket ikkinchi burchak to'pi amalga oshirildi. Lekin barchasi samarasiz yakunlanmoqda.

14`
Ronaldoning o'zi jarima zarbasini amalga oshirdi. Lekin to'p darvozagacha bormadi.

13`
Krishtiano Ronaldoga nisbatan qoida buzildi. Jarima to'pi.

10`
"Sevilya" futbolchilari raqibni o'z jarima maydonchalari atrofida ancha zich tarzda kutib olishmoqda.

9`
Garet Beyl jarima maydonchasi ichiga kirishi bilan yiqildi. Lekin Klatterburg bu vaziyatga etibor ham qaratmadi.

8`
Toni Kroos hozircha eng faol futbolchilardan biri bo'lmoqda. To'pni raqibdan olib qo'yib, jamoasi hujumini tashkil etishda jonbozlik ko'rsatmoqda.

7`
Hozircha o'yin tempi kutilganidek yuqori emas. Jamoalar ehtiyotkorlik ishga solib o'ynashmoqda.

5`
Garet Beyl oddiy vaziyatda to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yubormoqda.

4`
Toni Kross raqibni to'pni olib qo'ydi va uni tezda Roanldoga oshirdi. Lekin Krishtianoning zarbasi Betoga qiyinchilik tug'dirmadi.

3`
"Real" himoyachilari burchak to'pidan kelgan xavfni bartaraf etishga muvaffaq bo'lishdi. To'p Karlo Anchelotti shogirdlari nazoratiga o'tdi.

2`
"Sevilya" faol boshladi. Birinchi burchak to'pi.

1` UCHRASHUV BOSHLANDI! Evropa maydonlarida katta futbol qaytdi! Har ikkala jamoalarga omad tilab qolamiz!

Ajoyib manzara!



Jamoalar maydonga tushib kelishmoqda.

Karlos Bakka degani bugun nima xunar ko'rsatarkin? Ronaldo va Beyl juftligichi? Qiziq o'yin bo'ladi!

Karlo Anchelotti bugun Xames Rodrigez va Toni Kroos kabi jamoaga yangi kelib qo'shilgan yulduzlarni asosiy tarkibda tushirgan. Ronaldo va Beyl ham uchrashuvni asosiy tarkibda boshlashadi. "Real"ning tarkibi hujumkor va yulduzli ko'rinish olgan. "Sevilya" esa jamoaviy o'yin evaziga madridliklarni mag'lub etishga urinib ko'radi. Mavsum boshida har qanday jamoa istalgan raqibga etarlicha qarshilik ko'rsata olishi mumkin. G'olib jamoa nomini taxmin qilishga shoshilmaymiz va o'yinni kutamiz.

"Kardiff Siti stedium"da o'yinoldi tadbir bo'lib o'tmoqda. Raqqosalar stadionga tashrif buyurgan muxlislarga tomosha ko'rsatishmoqda.

O'tgan yilgi superkubok bahsi yodlaringdami? Zo'r bo'lgandi-a? "CHelsi" - "Bavariya" o'rtasidagi dahshatli jang.. So'nggi soniyalardagi Xavi Martinezning goli va penaltilar seriyasi... Bu yilgisi ham o'tgan yilgisidan qolishmaydigan darajada bo'ladi deb umid qilamiz.





Assalomu aleykum qadrli futbol ishqibozlari! Evropada katta futbol bayrami boshlanmoqda! Evropa chempionlar ligasi g'olibi "Real" hamla Evropa ligasi sohibi "Sevilya" jamoalari Evropa superkubogi uchun bahs olib borishadi. Ushbu bellashuvdan matnli onlayn translyaciyasini "SA" o'qib borishingiz mumkin. Uchrashuvni Siz aziz futbol muxlislari uchun SHahboz Beg'amov sharhlab boradi.

- Uchrashuv soat 23:45da boshlanadi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика