Real etakchisining gaplaridan norozi va uni yozda sotib yuborishi mumkin
12 iyu 08:51
Yangiliklar
Real etakchisining gaplaridan norozi va uni yozda sotib yuborishi mumkin
Real Madrid rahbariyati Rodrigoning gaplarini hali ham xazm qila olmayapti.
Gap shundaki, braziliyalik futbolchi ECHL finali oldidan «Manchester Siti»ni dunyodagi eng kuchli jamoa deb hisoblashini malum qilgan. Bu gaplar esa «qirollik klubi» rahbariyatiga yoqmagan va shu sababli hujumkor futbolchini sotib yuborishlari mumkin. Madridliklar futbolchini 150 million evroga sotishga tayyor.
Avvalroq, Rodrigoga PSJ, «Manchester Siti», «Manchester Yunayted» kabi jamoalardan qiziqish borligi malum bo'lgandi.
Malumot uchun, Rodrigo o'tgan mavsum barcha musobaqalarda 51 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning hisobida 17 ta gol va 10 ta golli uzatma bor. Uning «Real Madrid» bilan tuzgan shartnomasi 2028 yilga qadar mo'ljallangan.
Fikrlar