So’nggi yangiliklar

07:59ОЧЛ 2. Бугун "Андижон" плей-офф йўлланмасини қўлга киритиши мумкин  2 07:30Sofascore. Саудиядаги мағлубиятдан сўнг "Насаф" футболчилари неча баҳо олишди?  1 03:25Англия лига кубоги. "Арсенал" "Кристал Пэлас"ни пенальтилар сериясида мағлубиятга учратди. Ярим финалдаги рақиб – “Челси”  6 01:28Самвел Бабаян: “Бизда бир қатор йўқотишлар бор. Гуруҳдан чиқиш вазифасини бажаришимиз керак”  6 01:10Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди  64 00:55“Ал Аҳли” бош мураббийи: “Андижон” мусобақа давомида кучли жамоалигини кўрсатди”  1 00:25"Челси" Семеньо трансферидан воз кечди  1 23:55"Милан" Ориги билан шартномани бекор қилганини эълон қилди  1 23:34Винисиус мухлисларнинг муносабати туфайли "Реал"даги келажагига шубҳа қилмоқда  2 22:52"Ювентус" "Интер" ярим ҳимоячисини қишда ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 22:13Расман: "Лион" Эндрикни "Реал"дан ижарага олди  1 21:34ФИФА "Ал Насср"га қўйилган трансфер тақиқини бекор қилди  8 21:09"Бавария" етакчиси Австрияни забт этди  0 20:42Futsal Awards-2025 маросими ўтказилади  0 20:25"Рома" МЮ ҳужумчисини қўлга киритишга яқин  2

"Real" ECHL g'olibi bo'lishiga munosibligining 4 sababi Yangiliklar

"Real" ECHL g'olibi bo'lishiga munosibligining 4 sababi

Teglar :  Real
ECHL finali o'tadigan kun ham yaqinlashib qoldi.

So'nggi ikki yilda mo'jizakor natijalar qayd etilayotgan turnirda "Real" ketma ket ikki marta ECHL g'olibiga aylandi. Endi esa jamoa uchinchi marta sovrinni qo'lga kiritishni istamoqda.

Aslida jamoa ECHL sovrinini ketma ket uchinchi marta qo'lga kiritishi kerak.

4. ECHL-2017/18 MAVSUMI JAMOA UCHUN A'LO DARAJADA O'TMOQDA

Albatta, shunday! Jamoaning ECHLdagi bundan oldingi mavsumlari bilan bu yilgi o'yinlarini solishtiradigan bo'lsak, "Real" 2017/18 mavsumda anchagina qiynalmoqda.

Boshidan boshlaymiz, "Real" "o'lim guruhi"da Dortmundning "Borussiya"si va "Tottenxem"ni ortda qoldirdi.

1/16 finalda esa "Real" PSJ bilan, ayrim matbuotlar aytishiga ko'ra dunyoning eng hujumkor triosi bilan to'qnash keldi. Ishonchli himoya tufayli jamoa parijliklarni umumiy 5:2 hisobida taslim etdi.

Keyinchalik "Real" Turinda "Yuventus"ni 3:0 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. "Yuve" ham oddiy raqib emasligini 3:1 hisobidagi mag'lubiyatga teng g'alaba bilan isbotladi.

Yarim finalda esa afsonaviy Yupp Xaynkess boshchiligidagi "Bavariya" taslim etildi. Zidan shogirdlari yakunda 4:3 hisobidagi g'alabaga erishdi.

Xo'sh, "Real" pley-offda oddiy raqiblar bilan o'ynaganmi?

3. "REAL" XARAKTER KO'RSATMOQDA

"Real" bu mavsumda aqlbovar qilmas natijalarni qayd etdi. Zidan shogirdlari o'zga sayyoradan kelgandek taassurot qoldirmoqda. Ular g'alabalar va sovrinlarga chanqoqligini isbotlamoqda.

"Los Blankos" har bir bosqichda qiyin raqiblar bilan to'qnash keldi. "Yuventus"ga qarshi uchrashuvning so'nggi daqiqalarida penaltidan gol kiritildi. Garchi jamoa katta bosim ostida qolgan bo'lsa-da, holatdan chiqib ketishni uddaladi.

SHuningdek, "Bavariya"ga qarshi bahsda ikki marta birinchi bo'lib gol o'tkazib yuborgan bo'lsa-da, unda "Real" o'ziga kerakli bo'lgan natijani ilib keta oldi.

"Real" bilan bahslarda raqiblar faqatgina final hushtagi chalinganidan keyingina g'alabaga erishganlarini his qilishlari mumkin.

2. ZIDANNING ISHBILARMONLIGI

Aslida, asosiy maqtov Zinedin Zidanga bildirilishi kerak. Huddi franciyalikda sehrli qo'lqop va bosh kiyim bordek ko'rindi.

Mavsumni ko'tarinki kayfiyatda boshlab, keyinchalik kichik inqiroz davriga kirib qolgan "Real"da muammolar borligi ko'zga tashlandi. Bu esa jamoaning LaLigadagi o'yinlariga xalaqit qildi, biroq ECHLga emas. "Real"ning Zidan qo'l ostida ketma ket uchinchi marta finalga etib kelishini omadga yo'yib bo'lmaydi.

Jamoaning turnirdagi g'alabalari asosiy sababchisi - Zinedin Zidan. U "Real"ni muhim uchrashuvlarga tayyorlay olmoqda. SHuningdek, asosiy tarkib va o'yinga qo'llanilayotgan taktikalarda adashmayapti.

Finalda ham aynan uning qarorlari bilan "Real" g'alaba qozonishi kerak.

1. HUJUMCHILARNING O'YINLARI

"Bavariya"ga qarshi o'tgan birinchi uchrashuvda "Real"ning hujumchilari yaratilgan vaziyatlardan unumli foydalanishni uddalashdi.

Muxlislar "Bavariya"ning bunday o'yini bilan finalga chiqishga loyiq ekanligini aytishdi. Biroq futbolda yaratilgan vaziyatlarning golga aylantirish va natija birinchi o'rinda turadi. "Bavariya" uddalay olmagan ishni "Real" bajara oldi.

Aslida "Real"ning g'alabalari siri - vaziyatlardan foydalana bilishda. Krishtianu Ronaldu etakchiligidagi hujumchilar o'zlariga bildirilgan ishonchni oqlashmoqda. Garchi jamoa ayrim uchrashuvlarda ikkinchi planda harakat qilgan bo'lsa-da, vaziyatlardan foydalanish evaziga g'oliblikka erisha olishdi. Misol uchun, Myunxenda o'tgan bahsda mezbonlar 17, "Real" esa 7 bora zarba bergandi.

Xo'sh, "Real" mana shunday hujumchilari bilan mag'lubiyatga loyiqmi?

Mirjalol Normatov tarjimasi

Reyting: +67   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика