“Real” do'konidan Ronalduning surati g'oyib bo'ldi
30 may 2018 08:15
Yangiliklar


“Real” do'konidan Ronalduning surati g'oyib bo'ldi
“Real” jamoa hujumchisi Krishtianu Ronalduning atributikalarini sotishda davom etmoqda, biroq uning surati saytdan olib tashlangan.
Klub atributikalari sotuviga bag'ishlangan bo'limda boshqa futbolchilarning surati esa turibdi.
Biroz vaqt muqaddam "Real 2018/19 yilgi mavsum uchun o'yin liboslarini taqdim etgan edi va ushbu ko'rgazmada Ronaldu ishtirok etmagan edi. U klubning yangi libosida suratga tushmagan, shuningdek, videorolikda ham ko'rinish bermadi. “Real” esa bu vaziyatga izoh bermagan. Ammo bunga “Real”ning Adidas bilan, Ronalduning esa Nike bilan hamkorlik qilishi sabab bo'lishi mumkin.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar