"Real" dastlabki o'yinda g'alaba qozondi
24 apr 2014 01:30
Yangiliklar
"Real" dastlabki o'yinda g'alaba qozondi
90+4. TAMOM! Real birinchi o'yin g'olibi! "Alyanc Arena"da qiziq bo'ladi.
90+3. Robben to'pni hech kimga bermay o'zi hammani aldab o'tmoqchi bo'ldi. Himoyachilarga to'pni olib qo'yish qiyin bo'lmadi undan.
90+2. Myuller penalti so'rayapti. Jarima maydoniga kirganida yiqilib tushdi. Hech narsa bo'lmagani takroriy vaziyatda ko'rindi.
90+1. Asosiy vaqtga 4 daqiqa qo'shib berildi.
90. Real to'pni bir-biriga uzatib vaqt o'tkazyapti. Hisob ularni to'liq qanoatlantiradi.
87. Di Mariya o'yindan tashqari holatda qolib ketdi.
85. O'yin tugashiga ko'p vaqt qolmadi. Real hujumda! Beeeyl! Zarba noaniq
84. Gyoyoyoyoceee! Zarbaaa! Kasilyas! Qanday vaziyat!
83. Beyl! Jarima maydoniga kirib bordi. SHerkilariga kuchli zarb bilan to'pni etkazmoqchi bo'lgandi. Himoyachilar qaytardi.
80. Myulleeeer! Zarbaaa! himoyachilardan biriga tegdi.
78. O'yinda birinchi bo'limdagi tezlik va tomoshaboplik ikkinchi bo'limda yo'qolgandek.
76. Ikkinchi bo'lim ham birinchisidan ko'p ham farq qilmayapti. "Bavariya" hujum qilyapti. Real vaziyat yaratyapti.
74. SHvaynshtayger o'rniga Myuller.
73. Ronaludu ham maydonni tark etyapti. Garet beyl uning o'rniga.
72. Pepening ahvoli og'ir. o'yinni davom ettirolmaydi. Varan maydonda uning o'rniga.
71. Frank Riberi maydonni tark etyapti. Mario Gyoce uning o'rniga.
70. Pepe bugun ko'p bor erda yotibdi. Hozircha uni almashtirish haqida o'ylayu ham ko'rishayotgani yo'q. Lekin uning o'zi almashtirishlarini so'rayapti.
68. Modrich, APLda o'ynagan bo'lsang ham, hakam u o'yinlarni boshqargan bo'lsa ham, xushtakdan keyin zarba berish kerakmas.
67. Ronalduuuuu! Oh, Manuel, qanday zarbani qaytarldi-a? Qoyil! SHunchaki qoyil.
65. Xavi Martines maydonga tushirildi. Rafinya o'rniga. Yarim himoyada o'ynagan Lam o'z joyiga o'tdi. Markazga Martines keldi. Pep o'ylab-o'ylab shu qarorga kelibdi.
63. Noyer! uning xatosi sal qolsa qimmatga tushardi. Himoyachilar amalladi bu safar.
60. Robben! Aren bir o'zyin to'pni maydon markazidan jarima maydonigacha olib borib zarba berdi. Kasilyas o'ziga kelgan to'pni egallab olishga qiynaladigan darvozabonlardan emas.
58. Isko olov bilan o'ynashyapti. Sarig'i borligini unutdi shekili. Ehtiyot bo'lmasa jamoasini qiyin ahvolga solib qo'yishi mumkin. Jarima to'pidan Bavariya unumli foydalanmadi.
55. Isko qo'li bilan to'pni to'xtatib qoldi. Ueb cho'ntagida kartochka borligini esladi va birinchi marta unadan foydalandi.
53. Bavariya shu vaqtga qadar 500ga yaqin marta to'p uzatishni, 11 marta burchak to'pi amalga oshirib ulgurdi. Real esa Noyer darvozasini ishg'ol qildi. Bu - futbol.
50. Karvaxal mayjonda yuzini ushlagancha yotibdi. Alaba yiqilayotganida uni yuziga bexosdan urib yuborgandi.
49. Ronaldu, Koentrau, Benzema... Hozircha Real tarkibidagi eng faol futbolchilar.
47. Ronulduuu! Uzoq burchakni ko'zlagandi. Noyer ortiqcha qiyinchilik sezmadi bu to'pni qaytarishda.
46. Ikkinchi taym!
45+1. Xovard Ueb ikki marta xushtagini chalib, 22 futbolchini maydondan chiqarib yubordi. Tanaffus!
45. Birinchi taymning so'nggi daqiqasi va Realning birinchi burchak to'pi!
43. Di Mariya! SHu qadar chiroyli va aqilli pas o'ylab topdiki, uchrashuv bezagi bo'lishi mumkin edi. Lekin uni tushinishmadi. Ronaldu tushnmadi. Faqat qarsak chalib qo'ydi.
42. Pepe-Kroos to'qnashuvidan keyin portugaliyalik erda og'riqdan baqirgancha yotibdi.
41. ANXEEEEL! Xavfliii vaziyat. Noaniq zarba. Hafa bo'lgan di Mariya...
40. Laaaam! Yo'q. Burchak pichoqdan ham o'tkir edi. Qiyin bunday nuqtadan gol urish.
38. Robben! Sanasa barakasi uchadigan darajada ko'payib ketgan burchak to'pilaridan keyin zarba berishga qulay vaziyatga chiqdi. Uning zarbasi darvozagacha etib bormadi. Himoyachilar yana qahramon.
36. Aytgancha, boyagi burchak to'plari haqidagi gap, to'p bilan muomalaga ham tegishli.
33. Barselonaga qarshi o'ynashning ipidan ignasigacha o'rganib chiqqan jamoaga qarshi Barsa uslubida o'yin ko'rsatilyapti. Real bunga qarshimas, albatta.
31. Burchak to'pi uchun ochko berilganida hozirgacha Bavariya madridliklarni tor-mor qilib yuborgan bo'lardi. Ammo golga aylanmagan burchak to'pi - nolga teng.
28. Robben o'ng qanotdan oldinga borib, to'pni Manjukichga uzatdi. Bosh bilan zarba berishga halal berishdi.
27. Real jarima to'pini amalga oshirdi. 35 metrlardan to'p havolatib jarima maydoniga yo'llandi. Nemis himoyachilar bu safar ishonchli harakat qildi.
25. Krishtianuuuuu! Bu gol bo'lishi shart bo'lgan vaziyat edi. Ronalduning zarbasi o'xshamadi. Yuqoriga ketdi Yuqorilarga ketdi... Ronalduning nolalari ham.
23. Di Mariya! U ham Noyerni sinab ko'rdi. Noyer sinovdan o'tdi. Kundaligini olib kelsin. Ronaldu va Di Mariya zarbalarida to'g'ri poziciya tanlay olib, ularning sinovida o'tdi.
21. Sardor Rashibov va Karim Benzemalar bir vaqtda gol urganiga etibor berdingizmi?)
19. Ronalduuuuu! Bosh bilan zarbaaa! Noyer qo'liga tushdi to'p.
18. Koentrau! Qanotdan katta tezlikda hammadan qochib ketdi. Karim Benzemaga to'pni shu qadar qulay trazda etkazib berdiki, gol urmaslik urishdan qiynroq edi.
17. GOOOOOOOOOOOLLLLLLL!!! Karim Benzemaaaaa!
15. Tinchlaning, tinchlaning. Benzemada ofsayd bor edi.
12. Dejavyu. Kross amalga oshirgan burchak to'pidan keyin "Real" bo'ydorlari bosh bilan uni qaytrishyapti. Nechanchi marta shunaqa bo'lishi?
10. Dastlabki o'n daqiqada "Bavariya"ning bergan passlarini ayrim jamoalar bir taym davomida amalga oshiradi. Miqdori jihatdan.
09. Toni Kross, Toni Kross, burchakdan berdi kross...
08. Modrichni katta planda ko'rishimiz uchun birinchi sabab - uning Krossga nisbatan qoidani buzgani bo'ldi.
05. Robben chaqqon. Hammadan oldinga chiqib ketgani uchun hammadan oldin o'yindan tashqari holatiga tushishga ulgurdi.
04. Tika-taka-taka-tika-tika-taka. Bavariya to'p bilan.
03. Bavariya birinchi burchak to'pini amlaga oshirdi. Pepe jingalak sochlari yrdamida uni qaytardi.
02. "Santyago Bernabeu" kuylayapti. Ajoyib muhit! Go'zal manzara.
01. Ingliz policiyachisining xushtagi yangradi! Kettiiik!
- Ajoyib! CHempionlar Ligasi madhiyasi ajoyib! Entiktiradi!
- Tarkiblar haqida: Beyl sog', lekin zahirada. Pepning zahirasida ikkita darvozabon. Har ehtimolga qarshi bo'lsa kerak. Bizning birinchi Liga jamoalarimiz zahirasida ko'pincha darvozabon umuman bo'lmaydi. Bu erda esa "esli chto" yarim himoyagayam tushurvorsa bo'ladi bittasini. Umuman olganda, qiziq bir o'yinga 3 darvozabon qaydnomadan o'tkazilishi.
- Kechagi o'yinni eslar ekanman, hayolda faqat bir gap aylanmoqda: "Bugun boshqacha bo'ladi. Boshqacha bo'lishi kerak. Bu o'yin qiziqarli bo'lishga mahkum! Tomoshabop bo'lishi shart!". Bu o'yinni siz Abror Qodirov bilan, Abror esa sizlar bilan kuzatib boradi. Salomlarim!)
- Bilasizmi, bazan televizor orqali futbol ko'rayotib, translyaciya ustida ish olib borayotganlar titirlarda tasvirdagi odam kimligi, nima ish qilishi, qachondan beri shu ish bilan shug'ullanishi, qaysi kasalliklar bilan og'rigani, haqida malumot berishlari g'alati tuyuladi. Har doim ham emas, bazida. Yozib qo'yishadiku: "Joze Mourino, "CHelsi" bosh murabbiyi", "Mirjalol Qosimov, "Bunyodkor"ning sobiq murabbiyi, terma jamoaning sobiq futbolchisi va amaldagi murabbiyi" va h.k. Ularni kimdir tanimasa, yarim tunda uyqudan qolib futbol ko'rib o'tirmasdi.
SHunday narsalar borki, ularni tanishtirishga hojat yo'q. Masalan hozir. Masalan menga.
Bugun maydonga kimlar tushishi, ular qanday jamoa ekanligi, "Bavariya" mamlakat chempionligini allaqchon avgustdayoq ikki hafta oldin hal qilib bo'lgani, uni boshqarayotgan Pep Gvardiola ham raqib "Real"ni boshqarayotgan Kardo Anchelotti ham ikki martada CHempionlar Ligasini yutganini, "Real" ea 9 marta bu musobaqa g'olibi bo'lganini, uning tarkibida kastyum-shim bilan kepka kiyib, moda olamida yangicha urfga asos solib bergan jahonning eng yaxshi futbolchisi - Ronaldu to'p tepishini, nemis klubi Evropaning amladagi chempioni ekanini aytib o'tirishim shart emas! Tanishtirilishga muhtojmas. Bu - "Real". Bu - "Bavariya". Bu - CHempionlar Ligasi yarim finali. Bu - "Real" va "Bavariya"ning CHempionlar Ligasi Yarim finalidagi baxsi! Xayrli oqshom!
ECHL, yarim final. Dastlabki o'yin.
"Real" - "Bavariya" 1:0
Gol: Benzema (19)
"Real Madrid": Kasilyas, Karvaxal, Pepe (Varan, 73), Ramos, Koentrau, Modrich, Alonso, Di Mariya, Isko (Ilyarramendi, 82), Ronaldu (Beyl, 73), Benzema.
"Bavariya": Noyer, Rafinya (Xavi Martines, 66), Boateng, Dante, Alaba, Lam, Kroos, SHvaynshtayger (Myuller, 74), Robben, Riberi (Getce, 72), Manjukich.
Ogohlantirishlar: Isko (57).
Fikrlar