"Real" Beylni ijaraga bermoqchi
23 apr 2019 11:16
Yangiliklar
"Real" Beylni ijaraga bermoqchi
"Real" hujumchisi Garet Beyl yozgi transfer oynasida ijaraga berilishi mumkin.
Malumotlarga ko'ra, "qaymoqranglilar" rahbariyati uelslikni sota olmasa, uni ijaraga berishga urinib ko'radi. Klubdagilar bu yo'l bilan Beylni katta mablag'ga pullab bo'lmasligini tushunib turishibdi, ammo ular futbolchilarga to'lanadigan maoshlarni uelslik orqali kamaytirmoqchi.
Oldinroq, "Real" bosh murabbiyi Zinedin Zidan kelasi mavsumdagi rejalariga Beylni kiritmagani haqida xabarlar paydo bo'lgan edi. 29 yoshli futbolchining o'zi esa "Qirollik klubi"ni tark etmoqchi emas.
Beyl joriy mavsum LaLiganing 27ta uchrashuvida maydonga tushib, 8ta gol urdi va 3ta golli pas berdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
АПЛ. "Манчестер Сити" камбэк орқали "Энфилд"да "Ливерпул"ни мағлуб этди, Ҳусанов 61-дақиқада тўқнашувдан сўнг алмаштирилди
Элит ОЧЛ. "Насаф" турнирдаги дастлабки очкосини қўлга киритди
Роналду "Ал-Насср" раҳбариятига ультиматум қўйди: ёзда ўзгариш бўлмаса, у клубни тарк этади
"Реал" Родрининг "Манчестер Сити" билан шартнома узайтиришини барбод қилмоқчи
Fikrlar