"Real" - "Betis" 0:1 yoxud Benzema bilan shartnoma uzaytirildi!
21 sen 2017 09:13
Yangiliklar
"Real" - "Betis" 0:1 yoxud Benzema bilan shartnoma uzaytirildi!
Ispaniya chempionati doirasidagi "Real Madrid" – "Betis" uchrashuvida hech kim kutmagan sensaciya qayd etildi.
Ronaldo diskvalifikaciyasini o'tab maydonga qaytganda, ko'pchilik mezbonlarning ishonchli g'alabasini tahmin qilgandi. Ammo uchrashuvning asosiy vaqti, 90 daqiqa davomida hisob ochilmadi. Qo'shib berilgan
daqiqalarda esa "Betis" vakili Antonio Sanabriya boshi bilan gol urib
mezbonlarni shok ahvolga solib qo'ydi - 0:1!
Etiborlisi, 20 sentyabr kuni "Qirollik klubi" hujumchi Karim Benzema bilan yangi shartnoma imzolagandi, aynan shu kuni (!) jamoa sensacion tarzda o'z maydonida 25 bor "Betis" darvozasiga zarba bersada, yutqazib qo'ydi. Bu ham etmagandek, "Real" "Santos"ning rekordini takrorladi, ammo yangilay olmadi.
"SHunchaki tasodifmikin? Ishonmayman", - degandi mashhur siyosatchilardan biri.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал" ўз уйида "Сельта"га мағлуб бўлди, Гарсия ва Кассерас қизил карточка олди
Месси ўз рекордини янгилашда давом этмоқда
ЕЧЛ. Дастлаб гол ўтказиб юборган "Барселона" якунда "Айнтрахт"ни мағлубиятга учратди
Алонсо кечаги мағлубиятдан сўнг ҳакамни кескин танқид қилди
Fikrlar