“Real” Benzema va Kurtuasiz Klublar o'rtasidagi JCHga yo'l oldi (+qaydnoma)
07 fev 2023 09:15
Yangiliklar
“Real” Benzema va Kurtuasiz Klublar o'rtasidagi JCHga yo'l oldi (+qaydnoma)
“Real” klublar o'rtasidagi jahon chempionatida qatnashish uchun Marokashga uchib ketdi.
Qaydnomadan 22 futbolchi o'rin oldi. Darvozabon Tibo Kurtua va hujumchi Karim Benzema esa jarohatidan tiklanish jarayonida bo'lgani uchun ro'yxatdan tushib qoldi.
Darvozabonlar: Lunin, Lopes, Kanisares.
Himoyachilar: Karvaxal, Alaba, Valexo, Nacho, Odriosola, Ryudiger, Marvel.
Yarim himoyachilar: Kroos, Modrich, Kamavinga, Valverde, Tchuameni, Sebalos, Martin, Arribas.
Hujumchilar: Asensio, Vinisius, Rodrigo, Mariano.
Eslatib o'tamiz, madridliklar yarim finalda “Al Ahli” (Misr) bilan o'ynaydi. Ular o'rtasidagi bahs esa 8 fevral kuni 23:59 da start oladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Панама дарвозасига 6 та тўп йўллади
Эшитдик-да! Кападзе Ўзбекистон терма жамоасидан кетди
Ла Лига. "Реал" меҳмонда "Райо Вальекано"ни мағлуб эта олмади
АПЛ. "Манчестер Сити" "Ливерпул"ни йирик ҳисобда таслим этди, Ҳусанов эса...
Fikrlar