

Qaydnomadan 22 futbolchi o'rin oldi. Darvozabon Tibo Kurtua va hujumchi Karim Benzema esa jarohatidan tiklanish jarayonida bo'lgani uchun ro'yxatdan tushib qoldi.
Darvozabonlar: Lunin, Lopes, Kanisares.
Himoyachilar: Karvaxal, Alaba, Valexo, Nacho, Odriosola, Ryudiger, Marvel.
Yarim himoyachilar: Kroos, Modrich, Kamavinga, Valverde, Tchuameni, Sebalos, Martin, Arribas.
Hujumchilar: Asensio, Vinisius, Rodrigo, Mariano.
Eslatib o'tamiz, madridliklar yarim finalda “Al Ahli” (Misr) bilan o'ynaydi. Ular o'rtasidagi bahs esa 8 fevral kuni 23:59 da start oladi.


