So’nggi yangiliklar

01:45"Тен Хаг куляптими?" Охара МЮ устозининг соврин ҳақидаги сўзларига эътироз билдирди  1 01:20МЮ бошқа клуб билан келишиб қўйган Фофанага қизиқиш билдиряпти  0 00:45Хосе Венансио Лопес: "Бугун янгича услубда ҳимояландик. Бугунги экспериментимиз биз учун фойдали бўлди"  0 00:42Молиявий қийинчиликка учраётган "Барселона" 12 августгача Уильямс учун 58 млн. евро тўламоқчи  4 00:11Акбар Усмонов: "Гватемаладан аламимиз бор. Сўнгги дақиқаларда эътиборни йўқотдик"  3 00:09РПЛ. "Рубин" янги мавсумни меҳмондаги ғалаба билан бошлади  1 23:54Гюндоган "Пахтакор"га қарши ўйнаши мумкин  3 23:35Тен Хаг МЮ ҳақида: "Гвардиолани ҳисобга олмаганда, биз икки мавсум давомида Англияда қолганлардан кўпроқ соврин ютдик"  2 22:55Хосе Венансио Лопес: "Агар бу расмий ўйин бўлганида бундай таваккалга қўл урмаган бўлардик"  1 22:19Акбар Усмонов: "Сўнгги ЖЧдан бери Гватемала биз учун принципиал рақиб"  1 21:28Бензема "Олтин тўп" ҳақида: "Совринга Винисиус муносиб"  7 21:20Mirabror Usmanov Cup-2024. Драматик кечган баҳсда Ўзбекистон футзал терма жамоаси Гватемалани 5:4 ҳисобида мағлуб этди  7 21:00Эдерсон кетса "Манчестер Сити" дарвозасини ким қўриқлайди?  1 20:31Париж-2024. Ўзбекистон ОТЖ ўрин олган гуруҳ: ўйинлар, таркиблар, натижалар  8 20:17"Астон Вилла" 50 млн. фунтга Онанани сотиб олди  1

Mutolaa uchun. "Real" bazasidagi mashg'ulotlar, Mendesh bilan tushunmovchilik va Evro-2024da o'ynash xohishi. JCHdan so'ng Ronaldu bilan nimalar ro'y bermoqda? Yangiliklar

Mutolaa uchun. "Real" bazasidagi mashg'ulotlar, Mendesh bilan tushunmovchilik va Evro-2024da o'ynash xohishi. JCHdan so'ng Ronaldu bilan nimalar ro'y bermoqda?

Voqealar dayjesti.


Portugaliya terma jamoasi JCH-2022dan chiqib ketganidan so'ng Krishtianu Ronaldu dunyodagi eng mavqei baland sovrinni qo'lga kiritishning so'nggi imkoniyatidan mahrum bo'ldi. CHiqib ketish juda ham og'riqli bo'ldi, ammo endi his-tuyg'ularni biroz bas qilib, so'nggi paytlarda Krishtianu atrofidagi sodir bo'lgan hamma voqealarni yig'ish payti keldi.


"Bu yaxshi fikr ekanligiga ishonchingiz komilmi?" Santushda SHveycariyaga qarshi o'yin oldidan Ronaldu bilan og'ir suhbat bo'lib o'tdi


Fernandu Santush Marokashga qarshi o'yindan biroz avval, aniqrog'i murabbiy Krishtianuni zaxirada qoldirgan SHveycariya bilan o'yin (6:1) oldidan Ronaldu bilan kechgan qiyin dialog haqida gapirdi.

"U menga hech qachon jamoadan ketmoqchi ekanligini aytmagan. Uning munosabati qandayligini ko'rish kerak. U jamoadoshlari bilan gollarni nishonladi va muxlislarga minnatdorchilik bildirdi.

Menda Krishtianu bilan SHveycariyaga qarshi o'yin oldidan suhbat bo'ldi. Men unga 1/8 final o'yinida asosiy tarkibda bo'lmasligini aytdim. U suhbatdan norozi edi. Ammo, bu oddiy dialog edi va har tomon o'z fikrini bildirdi.



Portugaliya terma jamoasi sardori o'yinni zaxiradan boshlaganida norozi bo'lishi odatiy hol. U mendan "bu yaxshi fikr ekanligiga ishonchingiz komilmi?" deb so'radi. Sizni ishontirib aytamanki, u hech qachon konsentraciyani yo'qotmagan".

Santush Marokashga qarshi o'yinda ham Ronalduni zaxirada qoldirdi, ammo unga o'zini ko'rsatish uchun butun boshli ikkinchi taymni berdi. Krishtianu esa og'ir o'yinni qutqarmadi.


Terma jamoada Krishtianu bilan doim menejeri bo'lgan, sheriklari esa buni tushunishmagan


SHveycariya bilan o'yindan so'ng OAVda qiziq bir insayd sizib chiqdi. Record'ning xabariga ko'ra, Ronalduning menejeri Rikardu Regufe doim 37 yoshli futbolchiga hamrohlik qilgan, shuningdek faqatgina o'yinchilar kirishi mumkin bo'lgan joyda ham yurgan. Ronalduning sheriklari nega uning menejeri Portugaliya terma jamoasi ixtiyorida ekanligini tushunishmagan.



"Regufe – Krishtianuga ruhiy dalda beradigan inson. U shunchaki do'st emas – Rikardu maslahat beradi, Ronaldu esa buning asosida tanlov qabul qiladi. Uning muhimligi shunchalik yuqoriki, Ronaldu agenti Jorje Mendeshdan ko'ra u bilan ko'proq gaplashadi. Krishtianu muhim qarorni qabul qilishi kerak bo'lgan payt, oldida aynan Rikardu ko'proq bo'ladi", – Marca 2018 yilda Regufeni shunday tasvirlagandi.


Krishtianu Marokash bilan o'yindan so'ng Qatarda qoldi, shundan so'ng xususiy samolyotda uchib ketdi


Ronaldu Portugaliya JCHdan chiqib ketganidan so'ng jamoa bilan Lissabonga qaytmadi – u Qatarda oilasi bilan bir necha kun bo'lishga qaror qildi.

Krishtianudan Portugaliya terma jamoasining yana to'qqiz futbolchisi o'rnak oldi: Diogu Dalot, Bernardu Silva, Ruben Nevesh, Brunu Fernandesh, Rafael Leau, Joau Kanselu, Ruy Patrisiu, Rafael Gerreyru va Mateush Nunesh. Krishtianu faqatgina 12 dekabrga kelib oilasi bilan shaxsiy samolyotda Qatarni tark etdi.



Ronaldu terma jamoadan ketmoqchi emasdek, u keyingi Evroda o'ynamoqchi


Correio da Manhã'ning xabar berishicha, Krishtianu milliy jamoadagi ishtirokini davom ettiradi va Evro-2024da ishtirok etmoqchi.

Ronaldu ayni damda Portugaliya terma jamoasida kamida 2024 yilning yozigacha qadar harakat qilmoqchi.


Krishtianu "Real" bazasida shug'ullanmoqda va qaytishni xohlaydi, ammo Madrid klubi bunga qarshi


Ronaldu Qatardan to'g'ri Madridga yo'l oldi. Relevo'ning malumot berishicha, Ronaldu hozirda "Real" mashg'ulot bazasida formasini yig'moqda. 37 yoshli portugaliyalik asosiy jamoa bilan mashg'ulot maydonida emas, balki komleksning bir qismida o'zining formasini ushlab turish uchun jamoadan alohida shug'ullanmoqda.

Goal insayd bilan bo'lishdi: Krishtianu "Real"ga qaytishga qiziqmoqda va hatto o'zi uchun eng minimal maoshga ham tayyor. Ammo, Madrid klubi yoshi va uning poziciyasida Vinisius va Karim Benzema o'ynayotgani sabab Ronalduni olishga tayyor emas.



As'ning xabariga ko'ra, Ronaldu Florentino Peres bilan gaplashgan – "Real" prezidenti o'yinchiga qancha kerak bo'lsa Valdebebaseda shug'ullanishi mumkinligini aytgan. Peres shuningdek Krishtianuga "Real" bazasini o'zining uyi deb hisoblashi mumkinligini qayd etgan.


Ronalduda Mendesh bilan keskin munosabatlar bor – bunga sabab o'yinchi kelajagining noaniqligi


Ronaldu hali ham klub izlamoqda va jarayon yaqqol sekin bormoqda. As shu sabab Krishtianu va uning uzoq yillik agenti Mendesh o'rtasida biroz keskinlik yuzaga kelgan.

U 1 yanvardan boshlab yangi jamoasiga qo'shilishi mumkin, ammo hech bir klub bilan kelishuv yo'q. Evropa klublari o'yinchining yuqori maosh talabi sabab u bilan shartnoma imzolashmayapti va agent boshqa variantlarni izlamoqda.

Bunday vaziyatlar Ronaldu va Mendesh o'rtasida bir necha bor yuzaga kelgan. Agent va o'yinchi bir-biriga ota va o'g'il kabi munosabatda, shu sabab ular muammolarni hal etishgan.



Ronalduning transferi bo'yicha yagona taklifni Saudiya Arabistonining "Al Nasr" klubi bergan. Xabarlarga ko'ra, o'tish amalga oshsa, o'yinchining daromadi yiliga 200 million evroni tashkil etadi.

Krishtianuning kelajagida muhim rolni PSJ sobiq sport direktori Anteru Enrike o'ynashi mumkin. U hozirda chempionat rahbari lavozimini egallab turibdi va Ronalduning mamlakat klublaridan biriga o'tishida o'z hissasini qo'shishi mumkin.

Yoki portugaliyalik baribir Evropada qolishga harakat qiladimi?


Alisher Ostonov tarjimasi

Muallif : Alisher
Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика