"Real" "Barselona" himoyachisini sotib olmoqchi

Mirjalol Normatov
29 mar 2018, 18:50
"Real" "Barselona" himoyachisi Samyuel Umtitini sotib olmoqchi.

"Diario Goal" nashri xabariga ko'ra, madridliklar futbolchi uchun yiliga 9 mln evro maosh to'lashga tayyor turibdi. Bu esa "Barselona" to'layotgan va "Manchester Yunayted" taklif qilayotgan maoshdan ko'proq.

Uning transfer narxi 60 mln evro bo'lishi kutilmoqda. Oldinroq fransiyalik uchun "Manchester Yunayted" shuncha mablag' to'lashga tayyorligi borasida ma'lumotlar berilgandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Diario Goal