"Real" 60 mlnga darvozabon xarid qilmoqchi

Mirjalol Normatov
21 mar 2018, 15:16
"Real" rahbariyati yozda darvozabon sotib olishga qati ahd qilgan.

Ispaniya matbuoti xabariga ko'ra, madridliklar "Roma" posboni Alissonga jiddiy qiziqish bildirmoqda. Braziliyalik futbolchi ayni damda Rimda yiliga 1,5 mln evro maosh ishlab topmoqda. "Real" unga 5 yillik shartnoma taklif qilgan. 

"Roma" esa "qirollik klubi"dan 60 mln evro talab qilmoqda. Alisson bu mavsumda "Roma" tarkibida 37 uchrashuvda maydonga tushib, shularning 17tasida gol o'tkazib yubormadi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Marca