So’nggi yangiliklar

09:26"Андижон" футболчилари ОЧЛ 2 қуръасидан олдин ўз фикрларини билдиришди  0 08:57"Манчестер Сити" футболчисини 70 миллион еврога сотмади  2 08:28Александер Исак "Ньюкасл"га бойкот эълон қилди  6 07:59Бугун "Насаф" ва "Андижон" халқаро майдондаги рақибларини билиб олишади  0 07:30Суперлига. Бугун 19-турга старт берилади  1 01:47"Челси" Гарначо учун 30 миллиондан кўп тўламоқчи эмас  1 01:11Эрик тен Хаг: "Фақатгина Гарри Поттер катта тезликда яхши жамоа ташкил қилиши мумкин"  5 00:11Санчога харидор топилди  0 23:52"Реал"нинг янги футболчиси: "Мен учун энг зўр футболчи - Месси"  17 23:22Конференциялар лигаси саралаши. "Сабаҳ" вазифани уддалай олмади  2 22:59Ринат Дасаев: "Ўзбекистонга Жаҳон чемпионатида омад тилайман"   1 22:38Тимур Кападзе: "Майдонга Дасаевга гол ураман деб тушган эдим"   1 22:14Доннарумма "Сити"да қанча маош олади?  7 21:53Расман: Мастантуоно - "Реал" футболчиси!  4 21:29Конференциялар лигаси саралаши. "Астана" сўнгги босқич олдидан мағлуб бўлди  8

"Real" 11 oydan beri "Bernabeu"da 15 mln. evro daromad keltirishi kutilayotgan bar-restoranni ocholmayapti Yangiliklar

"Real" 11 oydan beri "Bernabeu"da 15 mln. evro daromad keltirishi kutilayotgan bar-restoranni ocholmayapti

"Real" stadioni tomi ostidagi bar pudratchi bilan muammo tufayli ochilmayapti.

Madrid klubi o'tgan mavsumda "Santyago Bernabeu"da SkyBar nomli bar-restoran ochishni reja qilgan edi, biroq uning ishga tushish sanasi haliyam malum emas, chunki pudratchi ishini o'z muddatida bitira olmadi.

Loyihaga javobgar Anastia Gourmet Hostelería kompaniyasi katta tajribaga ega bo'lmagan va ularning ustav kapitali bor-yo'g'i 3 ming evroni tashkil qilgan. Dastlab restoran 2023 yilning dekabriga qadar ochilishi kerak edi, biroq pudratchining aybi bilan ochilish bir necha bor qoldirilgan. Dastlabki byudjet ham oshib ketdi: 4 million evro sarflash rejalashtirilgan edi, lekin xarajatlar 7 millionga ko'tarildi.

Yirik kompaniyalar bar-restoranga sarmoya kiritdilar, jumladan Heineken va Schweppes. Har biri ishga tushirishni moliyalashtirish uchun bir million evrodan ko'proq mablag' ajratdi. Bar ko'p oylar davomida ochilmagani sababli, oxir-oqibat barcha kompaniyalar avanslar qaytarilmaguncha loyihada ishtirok etmasliklarini aytishdi. Biroq pudratchi investiciya qilingan pulni qaytarmagan, shu sababli kompaniya firibgarlikda gumon qilingan.


Keyinchalik Anastia aktivlarining 51 foizi Garsiya-Delgado investorlari guruhi tomonidan sotib olindi. U barda ishlashni o'z zimmasiga oldi va kompaniyalarga bir oy ichida 6 million evro berishga vada berdi, ammo bu amalga oshmadi. Muammoli aktivdan xalos bo'lish va pul topish uchun investorlar Anastia kompaniyasini kim oshdi savdosiga qo'yishdi.


Vaziyatdan o'ta norozi bo'lgan "Real" kompaniyadan binolarni ixtiyoriy ravishda topshirishni talab qildi, shuningdek, kompaniya vakillarining "Bernabeu"ga kirishini taqiqlab, shartnoma bekor qilinganini elon qildi. Bu esa, o'z navbatida, Anastia kompaniyasini xursand qilmadi: u o'ziga tegishli bo'lgan binolarni boshqarishga ruxsat berilmagani uchun "Real"dan 15 million evro undirish talabini qo'ydi.


Ish qanday yakunlanishidan qati nazar, "Real Madrid" allaqachon binolar uchun mumkin bo'lgan xaridorlarni qidirmoqda, bu safar yirik kompaniyalarni ko'rib chiqmoqda. Bar-restoranning potencial daromadi yiliga 15 million evroga baholanmoqda, ammo klub uni qachon ishga tushira olishi hozircha aniq emas.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика