So’nggi yangiliklar

07:40Криштиану Роналду: "Бу аллақачон ўтмиш"  0 04:34"Манчестер Сити" — "Ал Ҳилол". Таркиблар маълум  17 02:00КЖЧ. "Интер" Бразилия жамоасига мағлуб бўлди ва турнирни тарк этди  16 01:11Миржалол Қосимов: "Тўрт ўйиндан буён гол ура олмаяпмиз. Футболчиларга ортиқча босим қилиб юбордим, деган хаёл келди"  7 01:00Суперлига. Плетнёвнинг заргарона узатмасидан сўнг урилган гол "Сурхон"га ОКМК устидан ғалаба тақдим этди  1 00:56Февзи Давлетов: "Бизга бу ғалаба жуда керак эди"  3 00:25РПЛ-2025/26да фақат сардорларга ҳакамлар билан мулоқот қилишга рухсат берилиши мумкин. Бошқалар жазоланади  0 23:23"Астон Вилла" Рэшфорд, Асенсио ва Дисасиларнинг кетганини эълон қилди  1 22:54"Ювентус" тезроқ Влаховичдан қутилмоқчи, Душан эса йиллик маоши 20 млн. евро бўлган таклифни рад этди  1 22:15МЮ нархи 60 млн. фунт бўлган ҳужумчини сотиб олиши мумкин  1 22:00Суперлига. ОКМК ўз майдонида "Сурхон"га енгилди  67 20:33"Реал" сардори жароҳатидан қутилди ва майдонга қайтишга тайёр  2 19:50"Реал" трансфер мақсадларининг биридан воз кечди  3 19:21"Ювентус" юлдуз ҳужумчиси учун бор-йўғи 20 млн сўрамоқда  5 18:44"Реал" Клублар ўртасидаги ЖЧдан кейин яна бир ҳимоячи билан шартнома имзолайди  5

R.Berdiev: “Al Fath” vaziyatdan unumli foydalandi” Yangiliklar

R.Berdiev: “Al Fath” vaziyatdan unumli foydalandi”

“Al Fath” – “Nasaf” (1:0) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida dastlab “Nasaf” ustozi Ro'ziqul Berdiev ishtirok etdi.

-Bu kabi katta o'yinlarda gol urmasdan g'alaba qozonish qiyin. Uchrashuv taqdirini birgina standart vaziyat hal etdi.

- "Al Fath" bugun ko'rsatgan o'yini bilan sizni hayratlantira oldimi?

- Yo'q, biz "Al Fath"dan aynan shunday qarshilik bo'lishini kutgandik. CHunki bularda jamoaviy o'yin ham, individual harakati yuqori darajadagi futbolchilar ham bor. "Al Fath"ning portugaliyalik legionerining individual harakati ularga g'alabani taqdim etdi.

- "Nasaf" tanaffusdan so'ng hujumga o'tdi. Nega jamoangiz ilk daqiqalardanoq hujumkor taktikada o'ynamadi?

- Bahsga tayyorlagan rejamiz birinchi bo'limda o'z darvozamiz dahlsizligini saqlashdan iborat va yaratiladigan vaziyatlardan unumli foydalanish edi. Ammo afsuski unday bo'lmadi. Dragan CHeran tanaffusga chiqishdan oldin juda qulay imkoniyatdan foydalana olmadi.

- Jamoangiz garchi yutqazib turgan bo'lsada, ikkinchi bo'limda kerakligicha hujumkor o'ynamadi. Nimaga?

- "Al Fath" avvalo bunga imkoniyat qoldirmadi. Kezi kelganda biz ikkita, uchta hujumchi bilan ham harakat qildik. Lekin raqib  juda yaxshi himoyalandi.

- "Nasaf" guruh bosqichiga chiqa olmaganiga nima sabab bo'ldi: "Al Fateh" juda kuchli o'ynadimi yoki jamoangizni kerakligicha ushbu bahsga tayyorlay olmadizmi?

- SHuni aytishim mumkinki, ikkala jamoa ham bir xil o'yin ko'rsatishdi. Ammo "Al Fath" yaratilgan vaziyatlardan unumli foydalandi. Bellashuv aynan kimningdir ustunligi ostida o'tgani yo'q.


Reyting: -15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика