"RB Leypcig"ning yangi murabbiyi malum bo'ldi
27 apr 2021 17:16
Yangiliklar
"RB Zalcburg" bosh murabbiyi Jessi Marsh mavsumlar oralig'ida "RB Leypcig"ni qabul qilib oladi.
Mutaxassis bugun "Bavariya" bosh murabbiyiga aylangan Yulian Nagelsmanning o'rnini egallaydi.
Marsh 2019 yilning iyul oyidan beri "Zalcburg"ni boshqarayotgan edi. Jamoa uning qo'l ostida Avstriya chempioni bo'ldi va mamlakat Kubogini qo'lga kiritdi.
Fikrlar