Rayola Donnarumma haqida: "Milan"dan ketish xiyonat emas"
17 sen 2021 21:51
Yangiliklar


Rayola Donnarumma haqida: "Milan"dan ketish xiyonat emas"
PSJ darvozaboni Janluiji Donnarummaning agenti Mino Rayola o'z mijozining yozgi transfer oynasida "Milan"dan ketishi haqida gapirdi.
"Men unga Milanda qanday munosabatda bo'lganidan juda afsusdaman. U xiyonat qilgani yo'q edi. Vaholanki, u to'rt yil avval jamoani tark etishi mumkin edi, lekin o'shanda ketmadi.
U "Yuventus"ga yaqin bo'lganmi? O'ylashimcha, "Yuve" hali ham Donnarumma bilan shartnoma imzolamaganidan afsusda. Nafaqat "Yuventus", balki boshqa jamoalar ham. Jiji bilan Navas o'rtasida hech qanday kurash yo'q, u tarkibda o'ynaydi", — dedi Rayola Rai Sport'ga bergan intervyusida.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar