Rayan Babel terma jamoa safida ilk bor dublga erishdi
10 sen 2019 09:08
Yangiliklar
Rayan Babel terma jamoa safida ilk bor dublga erishdi
Niderlandiya terma jamoasi Evro-2020 saralashidan o'rin olgan Estoniyaga qarshi bahsda 4:0 hisobida g'alaba qozondi.
Niderlandlar safida 17 hamda 48-daqiqada Rayan Babel ikkita gol urishga erishdi. Bu 31 yoshli xavbek uchun terma jamoadagi faoliyatidagi 9 hamda 10-goli sifatida tarixga kirdi. Futbolchi terma jamoa safida ilk bor dublga erishdi. SHuningdek, Babel bir yillik tanaffusdan so'ng ilk marta terma jamoa safida gol urdi. U o'tgan yili xuddi shu sana 9 sentyabr kuni Franciya darvozasini ishg'ol qilgandi.
Fikrlar