Raxmatilla Muxamedraximov: "Natija adolatli bo'ldi"
11 okt 2015 22:16
Yangiliklar
Raxmatilla Muxamedraximov: "Natija adolatli bo'ldi"
Yoshlar ligasining 25-turidan o'rin olgan "Nasaf" - "Neftchi" (2:0) uchrashuvidan so'ng o'rinbosarlarimiz bosh murabbiyi Raxmatilla Muxamedraximovning o'yin haqidagi fikrlari bilan qiziqdik.
- O'yin qiziqarli va keskin kurashlarga boy tarzda kechdi. O'yinda tashabbus biz tarafda bo'ldi va yakunda o'zimiz uchun kerakli g'alabani qo'lga kiritdik. "Neftchi" yoshlar jamoasi ham etarlicha qarshilik ko'rsatishga intildi. O'ylashimcha, natija adolatli bo'ldi. Bugun jamoamiz raqibdan ko'ra kuchliroq o'ynadi va munosib tarzda g'alaba qozondik. Keyingi o'yinlarda ham chiroyli va mazmunli o'yin ko'rsatishga harakat qilamiz. Biz asosiy jamoamizga munosib futbolchilarni taqdim etishimiz zarur. "Nasaf" jamoasining kelajagini yaratish bizning asosiy vazifamiz hisoblanadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar