So’nggi yangiliklar

08:38Франция терма жамоаси устози: "Қайд этаётган натижаларимиздан фахрланамиз ва ўзимизга ишонишда давом этамиз"  0 08:05Футзал бўйича ЖЧ 1/8 финал. Хорватия ва Таиланд мағлубиятга учрашди, Таиланд бош мураббийига ўйин тугагач қизил карточка кўрсатилди  0 08:01Саудия пролигаси. Роналду, Бензема гол урган баҳсда жамоалари ғалаба қозонишди  0 07:28Суперлига. Бугун 20-тур якунланади  5 01:56Лига 1. ПСЖ "Ренн"ни қийинчиликсиз мағлуб этди, Барколадан дубль  1 01:43А Серия. "Милан" "Лечче"га қарши ўйинда 5 дақиқа ичида 3та гол урди ва ғалабага эришди  2 01:28"Барселона" яхши таклиф олса, Араухони сотиши мумкин. Клуб ва ҳимоячи "совуқ уруш" ҳолатида  0 01:20Туркия Суперлигаси. "Сивасспор" ўз уйида мағлуб бўлди, Турғунбоев захирадан майдонга тушиб, ассист қайд этди  0 01:03БАА чемпионати. "Ал Ваҳда" "Бани Яс" билан дуранг ўйнади, Эркиновдан ассист  1 00:51Европанинг тўрт гранди 150 млн евролик Вирц учун даъвогарлик қилмоқда  2 00:16Миржалол Қосимов: "Чемпионлик масаласи ҳалми? Мўжиза бўлмайди дейишади, аммо ҳамма нарса рўй бериши мумкин"  6 23:43Александр Крестинин: "Иккала жамоа ҳам биттадан гол урди, лекин ОКМК ғалаба қозонди"  4 23:22"Локомотив" баёнот билан чиқди  1 22:30"Бунёдкор" — "Насаф" ўйини "Жар" стадионида ўтказилади  11 22:05Абдесаммад Муҳаммад: "Франция ўз тарихида биринчи маротаба мундиалда иштирок этмоқда, аммо бизда қўрқув йўқ"  0

Ravshan Otajonov: “Xorazm viloyati futbol federaciyasi bir yilda 54ta musobaqa o'tkazishni rejalashtirgan” Yangiliklar

Ravshan Otajonov: “Xorazm viloyati futbol federaciyasi bir yilda 54ta musobaqa o'tkazishni rejalashtirgan”

Bir hafta muqaddam azim Xorazm vohasi tomon safar uyushtirdik. Safarimiz davomida viloyat futbolining bugungi kuni bilan yaqindan tanishishga harakat qildik.

Viloyat futboli rasmiylari bilan uchrashdik, ular bilan suhbatlashib, yutuq va kamchiliklar haqida gaplashdik. Bugungi suhbatdoshimiz Xorazm viloyati futbol federaciyasi birinchi vice-prezidenti Ravshan Otajonov Samimiy, ochiqko'ngil bu inson bizni viloyatning bugungi kuni bilan yaqindan tanishtirishda jonbozlik ko'rsatdi.

- Suhbatimiz avvalida Xorazm viloyati futbol federaciyasining bugungi faoliyati bilan yaqindan tanishtirsangiz.


- Yillik taqvim rejamiz ishlab chiqilgan. Mazkur rejadan 54ta musobaqa o'tkazish o'rin olgan. Bular – Bolalar ligasi, viloyat chempionati, futzal birinchiligi, ommaviy futbol bahslaridir. Asosiy musobaqalarimizdan biri bo'lgan 2-ligani muntazam ravishda o'tkazib kelyapmiz. Turnirda har yili 13-14ta jamoa qatnashmoqda. Yoshlarning kelajagini inobatga olgan holda turnirda yoshni chegaralab qo'yganmiz. Yani, 2-ligada 25 yoshgacha bo'lgan futbolchilar to'p tepa oladi. Boshlang'ich tarkibda kamida 5 nafar 18 yoshli o'yinchi bo'lishi shart. Bizning birinchi vazifamiz “Xorazm” klubiga o'yinchi etishib chiqishini taminlashdir. Xabaringiz bo'lsa kerak, viloyatimizning bosh jamoasida bu yil sezilarli o'zgarishlar yuz berdi. Tarkib yangilandi. Futbolchilarning aksari ilgari ikkinchi ligada o'ynagan.

Mini-futbol bo'yicha turli yosh toifasiga ajratib Bolalar ligasini ham o'tkazib kelyapmiz. Tur o'yinlarini navbatma-navbat tumanlardagi markaziy stadionlarda tashkil qildik. Sababi, shu orqali chekka-chekka qishloqlarda ham sharoitlarni yaxshilash va millionlar o'yini olib kirishni maqsad qilganmiz. Hozirgi kunda Urganch shahrining o'zida 20dan ortiq suniy qoplamali maydonlar bor. Bunday maydonlarga tumanlarimizda ham guvoh bo'lishingiz mumkin. Bolalar ligasining asosiy o'yinlarini ham xuddi shu tartibda o'tkazamiz. Har ikkalasida ham 26tadan ortiq jamoa qatnashadi. Bundan tashqari, Faxriylar o'rtasida musobaqalar, xotira turnirlari o'tkazib kelyapmiz. Qolaversa, mahallalarni ham etibordan chetda qoldirmaslikka harakat qilyapmiz. Ular o'rtasida ham turnirlar tashkil qilyapmiz.

- Federaciya “Xorazm” futbol klubi uchun ishlayotganini takidladingiz. Jamoa bu yil uy uchrashuvlarini Yangibozordagi stadionda o'tkazmoqda. Maydonning ahvolini juda yaxshi bilasiz. Klubga sharoitlar borasida amaliy yordam berish bo'yicha federaciya qandaydir ishni amalga oshira oladimi?


- Xorazm o'yinlarini Yangibozorda o'tkazsa-da, mashg'ulotlarni Urganchdagi “Spartak” o'yingohida olib bormoqda. Siz ko'rgan olimpiya zaxiralari kollejiga qarashli maydon kuni kecha uchrashuvlarni qabul qilishga tayyor bo'ldi. Bu maydonda ham mashg'ulot o'tkazishlari mumkin. Qolaversa, Urganda yangi suniy qoplamali maydon ham qurib bitkazildi. SHunchaki, hali stadion foydalanishga topshirilgani yo'q. Bundan tashqari, asosiy maydonimiz bo'lmish – “Olimpiya” ham rekonstrukciyadan chiqarildi. Tez orada bu o'yingoh klubga topshiriladi. SHundan keyin “Xorazm” raqiblarini talabga javob beradigan stadionda qabul qiladi.  

- Yana bir gap eshitdik. “Xorazm”ning ayrim etakchilari turli sabablarga ko'ra, klubni tark etibdi. To'g'ri, bu jamoaning ichki siri. Biroq viloyat futboli rahbari sifatida buning sababini o'rganib chiqmadingizmi?


- Jamoani tark etgan ikkala futbolchi bilan ham suhbatlashdim. Ular yig'ilish o'tkazib, masalaga oydinlik kiritib berishimni so'radi. Albatta, yig'ilish o'tkazamiz va bu tushunmovchilikning echimini topamiz. CHunki vaziyat bunday qolishi mumkin emas. Haqiqat qaror topishi lozim.

- Viloyat jamoalarini Respublika miqiyosidagi ishtiroklari haqida qanday fikrdasiz?


- O'tgan yili bolalar jamoalarimiz Respublika chempionatidagi 6ta turnirda qatnashdi. 2001 va 2004 yillarda tug'ilgan bolalardan iborat jamoalarimiz uchinchi o'rinni qo'lga kiritdi. O'ylashimcha, bu yomon ko'rsatkich emas.

- Murabbiy va hakamlarning saviyasini oshirish maqsadida seminarlar o'tkazilyaptimi?


- Albatta. Xususan, ikki marta murabbiylik kurslarini tashkil qildik. Kurslarda jami 70 nafarga yaqin mutaxassis talim oldi. Hakamlarga ham har yili seminar tashkil qilamiz. O'tgan yili seminarda maruza o'qish uchun Farhod Abdullaevni taklif qilgandik. Bu yil Aleksandr Popov Urganchda hakamlarimizga maruga o'qiydi. Bundan tashqari, mahalliy mutaxassis Bulat Galeev ham doimo hakamlarimizni yangiliklardan boxabar qilib turadi. Har yili kamida ikki nafar yosh hakamimizni o'qishga jo'natamiz.

- Federaciya rahbari sifatida viloyatdagi futbol uchun masulsiz. Tabiiyki, bu yo'lda har xil to'siqlarga duch kelasiz. Aytingchi, azal-azaldan o'zbek futbolida o'z o'rniga ega bo'lgan Xorazmning qaysi tumanlarida muammolar bor? Jumladan, rasmiy shaxslar millionlar o'yining rivoji uchun sizga yordam berishda oqsayapti?


- Buning uchun sizni viloyat bo'ylab sayohatga olib chiqishim kerak. Tumanlardagi vaziyatlarni o'z ko'zingiz bilan ko'rsangiz, barchasiga guvoh bo'lardingiz. Federaciya rasmiylari har yili ikkinchi liga o'yinlari start olishidan avval tumanlardagi stadionlarni o'rganib chiqadi. Yani, musobaqa o'tkazishga tayyormi-yo'qmi, ko'rib chiqamiz. Albatta biz qabulga borginimizga qadar barcha sharoitlarni to'g'irlab qo'yishadi. Ochig'i, sharoitlar haminqadar bo'lsa-da, ularni qabul qilamiz.

- Bu yilgi ikkinchi liga musobaqasi qachon start oladi?


- Rejaga ko'ra, viloyat chempionati iyun oyida start oladi. Ayni vaqtda mini-futbol birinchiligini o'tkazyapmiz. 2-liga klublariga badal pulini 2 million so'm qilib belgilaganmiz. Bu summa ichida hakamlarning to'lovi ham kirib ketadi. Qolgan musobaqalar uchun ishtirokchilardan badal pullari olmaymiz.


- Futbolni qo'llab-quvvatlash jamg'armasining viloyat bo'limi bilan aloqalar yo'lga qo'yilganmi?

- Albatta, hamkorligimiz bor. O'zaro hamkorlik qilgan holda faoliyat yuritib kelyapmiz.

- Ayollar futboli haqida ham gaplashsak.


- Bu tomondan ham yutuqlarimiz etarlicha. Etti nafar futbolchi qizimiz O'zbekiston terma jamoasi azosi hisoblanadi. SHuning o'ziyoq so'zimga isbot bo'la oladi.

- Viloyatdagi maktab-internatlar to'g'risida ham malumot bersangiz.


- Bugungi kunda Xorazm viloyatida 4ta futbolga ixtisoslashgan maktab-internat faoliyat ko'rsatmoqda. Urganch, Yangibozor, Xiva va Bog'ot tumanlarida maktab-internatlar ishlab turibdi. To'rttala maktabda ham yangi rahbar ish boshladi. Ularning barchasida oldinga qadam tashlanmoqda. Urganchdagi maktab tarbiyalanuvchilari poytaxtda o'tkazilgan Respublika chempionatining mintaqaviy bosqichida birinchi o'rinni egalladi.

- Iqtidorlar chekka-chekka qishloqlarda deyishadi. Selekciya borasida kimdir masulmi?


- Selekcioner murabbiyimiz bor. Viloyat jamoalariga iqtidorlarni tanlab olish borasida o'zi alohida shug'ullanadi. Qaysi tumanda turnir bo'lishidan qatiy nazar, borib-ko'rib, iqtidorlarni saralab oladi. Ko'z ostiga olib qo'ygan iqtidorlarni “Xorazm”ga, yoshiga ko'ra terma jamoaga ham taklif qiladi.   

- Ish bor joyda kamchilik har doim bo'ladi. Sizni qanday muammolar o'ylantirmoqda?


- Muammo hammada bo'ladi. Busiz iloji bo'lmasa kerak. Ammo viloyatimizdagi muammolarni ommaga ko'tarib chiqishni istamayman. CHunki bu borada ish olib boryapmiz. Lekin istaysizmi-yo'qmi, kamchiliklarni butunlay bartaraf qilish mushkul.

- Viloyat futbol federaciyasining kelajak rejalari haqida ham gapirib bersangiz.


- Har yilning boshida o'z oldimizga maqsad va vazifa qo'yib, shu asosda ish olib boramiz. 2001 yilda tug'ilgan bolalardan iborat viloyat jamoamiz uch yildan buyon Respublika chempionatida ko'tarinki ruhda qatnashib kelmoqda. SHu jamoamizni endi xorijga chiqarishni maqsad qilganmiz. Hozirda O'FF bilan bu borada gaplashyapmiz. Nasib qilsa, oktyabr oyida bu ish amalga oshadi. Bilasiz, bolalar xorijni ko'rishsa, dunyoqarashi o'zgaradi. Tabiiyki, bu ularning saviyasiga tasir qiladi. Bundan tashqari, turli mutaxassislarning yordami bilan master-klasslar o'tkazib turamiz. O'tgan yili koreyalik mutaxassislarni taklif qilgandik. Qolaversa, viloyat futboli tarbiyalanuvchilari Jamshid Iskanderov, Jaloliddin Masharipov Urganchga tashrif buyurib, yosh ukalariga master-klass o'tkazib beradi. Mashg'ulotlarda o'tkazishadi, bolalar bilan futbol o'ynadi. Albatta, bunday ishlar yosh bolalarning ruhiyatiga ijobiy tasir qilmoqda.

Furqatbek NISHONOV

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика