So’nggi yangiliklar

11:50"Атлетико" Бундеслигадан футболчи харид қилишга яқин турибди  0 11:20"Бавария" Диасни "Ливерпул"дан катта маблағ эвазига сотиб олишга яқин турибди  0 11:15"Бухоро"нинг тайёргарлиги, янги футболчилар, ёшлар ёхуд Улуғбек Бакаев иккинчи даврада юқорилашга умид қилмоқда   0 10:42"Челси" футболчиси "Ал Насср"га ўтишга яқин  1 10:05Виктор Гёкереш нима учун "Арсенал"ни танлаганини тушунтириб берди  3 09:37Шоҳруз Норхонов иккинчи даврани қайси жамоада бошлаши маълум  6 09:02"Бунёдкор" Качоррининг ўрнига Черногория U-21 терма жамоаси аъзоси билан шартнома имзолайди  5 08:26Файзуллаевнинг "Истанбул Башакшехир"даги маоши маълум  12 07:45ОКМК "Андижон"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  13 00:49Шахзод Азмиддинов "Пахтакор" билан хайрлашди  12 00:15Ўзбекистон U-17 терма жамоаси "Чертаново" билан дуранг ўйнади  7 23:57"Реал" Конатени нишонга олди  2 23:28"Пахтакор" бугун Камолиддин Тожиевни бош мураббий этиб тайинлади, аммо унда Про лицензияси йўқ  7 23:14Расман: "Арсенал" Гёкерешни 63,5+10 млн еврога сотиб олди  10 22:58Гёкереш тиббий кўрикдан ўтди ва "Арсенал" билан шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  3

Ravshan Haydarov: "Tokio Olimpiadasi yo'lida strategiya ishlab chiqdik" Yangiliklar

Ravshan Haydarov: "Tokio Olimpiadasi yo'lida strategiya ishlab chiqdik"

Xabaringiz bor, 14-20 noyabr kunlari Birlashgan Arab Amirliklarida futbol bo'yicha xalqaro Dubai Cup musobaqasi o'tkazildi.

Ushbu turnirda O'zbekiston Olimpiya terma jamoasi ham ishtirok etdi va uchta o'yin yakuniga ko'ra g'oliblikni qo'lga kiritdi. Bugun, 24 noyabr kuni Milliy olimpiya qo'mitasida futbol bo'yicha O'zbekiston olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi Ravshan Haydarov ishtirokida matbuot anjumani tashkil qilindi. Unga yordamchi murabbiy SHuhrat Asatov, terma jamoa futbolchilari Husniddin G'ofurov va Aziz Omonov hamrohlik qildi. Tadbirda Milliy olimpiya qo'mitasi Bosh kotibi Jasur Matchanov ham ishtirok etdi. Anjuman davomida «Dubai Cup» musobaqasi yakunlari, O'zbekiston Olimpiya terma jamoasining Tokio 2020 Olimpiadasiga atab ishlab chiqilgan strategiyasi, rejalar va yig'inlar haqida malumot berildi.


Ravshan Haydarov:

Olimpiya terma jamoasi haqida


«Avvalambor shuni qayd etib o'tishim lozimki, Olimpiya terma jamoamiz uchun O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi va O'zbekiston futbol associaciyasi tomonidan katta etibor qaratilmoqda. Tokio Olimpiadasi yo'lida strategiya ishlab chiqdik. SHu maqsadda OTJ uchun turli yig'inlar tashkil etib kelmoqdamiz. Bu borada ishlar allaqachon boshlangan. O'yinchilarni saralab olish jarayoni hozir ham davom etmoqda. Tarkib shakllantirilmoqda. Bu bo'yicha keng miqyoda ishlar olib bormoqda. Nafaqat jismonan, balki ruxiy tomonlama ham ishlanmoqda. Terma jamoa uchun kuchli psixologlarni ham jalb qilganmiz».


«Dubai Cup» musobaqasi haqida

«Yaqinda Birlashgan Arab Amirliklarida yakunlangan «Dubai Cup» musobaqasi yil davomida qilingan ishlar samarasini ko'rsatib berdi. Nufuzli turnir davomida Yaponiya, BAA, Quvayt kabi yaxshi saviyadagi terma jamoalar bilan o'yinlar o'tkazdik. Bunday raqiblarga qarshi bahslarda jamoamizning kuchini ko'rib olish imkoniyati bo'ladi. Yig'indan unumli foydalana oldik deb hisoblayman.

Kelgusi rejalar


«Tayyorgarlik rejamiz kunma-kun tuzib chiqilgan. Dekabr oyida Toshkentda yig'in boshlanadi. Unda jismoniy tayyorgarlik bo'yicha ish olib boriladi. Yanvarda esa Turkiyada yig'in tashkil qilinadi. Slovakiya va Ozarbayjon terma jamoalariga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi ham rejalashtirilmoqda. Fevral oyida esa Evropada bo'lib o'tadigan yig'inda ishtirok etamiz».


Tarkibni shakllantirish masalasida muammo yuzaga kelmayaptimi?

«Olimpiya terma jamoasida yig'ilgan futbolchilarimiz orasida U-23 jamoamizda o'ynagan yigitlar ham bor va bu borada ularning o'ziga xos tajribalari bor deb bemalol ayta olaman. Umuman olganda, selekciya ishlari keng qamrovda olib borildi. Ko'plab futbolchilarga imkoniyat berildi. Jamoani shakllantirish uzoq davom etadigan jarayon. Ushbu terma jamoamiz uchun 165 nafargacha futbolchi sinab ko'rildi. Ularni jismoniy va ruxiy testlardan o'tkazganmiz. Bundan tashqari, klublarimiz murabbiylari bilan ham muntazam aloqadamiz».

Ravshan Haydarovning OTJdagi kelgusi taqdiri qanday bo'ladi?

«To'g'ri, bungacha xorijdan murabbiy olib kelinishi haqida gap-so'zlar bo'ldi. Bu haqida aniq malumot bera olmayman. Ammo, ayni damda menga yuklatilgan aniq vazifa bor va uni bajarib kelmoqdaman. Bosh murabbiy rolida kim bo'lishidan qatiy nazar, bu jarayon to'xtab qolmasligi lozim. Terma jamoaga kim kelsa ham qo'ldan kelganicha yordam berishga tayyorman.


Futbolchilar «Dubai Cup» turniri haqida

Aziz Omonov: «Dubayda o'tkazilgan xalqaro musobaqada kuchli jamoalar ishtirok etdi. Bu turnir orqali biz xalqaro o'yin amaliyotiga ega bo'ldik. Ushbu musobaqada jamoamiz yaxshi shakllanib kelayotganini ko'rdik».


Husniddin G'ofurov: «Xalqaro musobaqada g'alaba qozona olganimizdan xursandmiz. Jamoamizda barcha birdek harakat qilmoqda. Bir-birini qo'llab-quvvatlamoqda. Olimpiya terma jamoasi bir oila sifatida shakllanmoqda. Nasib qilsa, bundan buyon ham qo'ldan kelganicha harakat qilib, yaxshi natijalarni ko'rsatmoqchimiz».


Eslatib o'tamiz, O'zbekiston olimpiya terma jamoasi kelgusi yilning mart oyida Toshkentda U-23 Osiyo chempionati saralashida ishtirok etadi. Ushbu saralash bosqichida muvaffaqiyatli ishtirok etgan terma jamoalar 2020 yilning yanvar oyida Tailand mezbonlik qiladigan Osiyo chempionatida qatnashadi. Musobaqada kuchli uchlikka kirgan terma jamoalar Tokiodagi Olimpiya o'yinlarida ishtirok etish huquqiga ega bo'ladi.

Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика