So’nggi yangiliklar

23:34Акмал Рустамов: "Ёшларга ишонч билдиряпмиз"  0 23:22Максим Шацких: "Легионерлар нега кетишди? Улар менинг олдимга келишди, шунчаки жамоада ўйнамаслигини айтишди"  5 23:09КЖЧ. "Пальмейрас" - "Ал Аҳли" учрашуви тўхтатилди. Нега?  3 22:42Ҳаким Фузайлов: "Сўнгги ўйинимизни 3 кун олдин ўтказгандик, йигитларда чарчоқ аломатлари сезилди"  1 22:18"Рома" клубга "янги" спорт директори тайинланганини эълон қилди  1 22:00Суперлига. "Сўғдиёна" муҳим учрашувда "Хоразм"ни мағлуб этди  10 21:59Суперлига. "Андижон" ва "Қизилқум" "Бобур Арена"да муроса кўчасини танлади  46 21:18АПЛ "Манчестер Сити"ни жазолади  4 20:53"Рома"да бош мураббий ўзгарди. Рим клубидаги энг яхши мавсумини ўтказган Шомуродовнинг тақдири қандай кечади?  6 20:34"Барселона" бразилиялик ҳимоячи учун 30 млн евро таклиф этади  6 19:50"Манчестер Юнайтед" мухлислари чипталар нархи кескин ошганидан норози  1 19:27Мартинес МЮга ўтишга рози  2 18:44"Реал" Мбаппе касалхонага ётқизилгани ҳақида хабар берди  5 18:16Расман: "Сурхон" россиялик ҳужумчи билан хайрлашди  0 17:52Breaking! Аббос Файзуллаев Туркия клубидан таклиф олди  14

Ravshan Haydarov: “Osiyo chempionatiga katta maqsadlar bilan yo'l olayapmiz” Yangiliklar

Ravshan Haydarov: “Osiyo chempionatiga katta maqsadlar bilan yo'l olayapmiz”

Bugun O'FF anjumanlar zalida U-23 yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionatida ishtirok etadigan O'zbekiston yoshlar terma jamoasi bosh murabbiyi hamda terma jamoa futbolchilari ishtirokida OAV vakillari bilan matbuot anjumani o'tkazildi.

Avvalroq xabar berilganidek, O'zbekiston yoshlar terma jamoasi 5 yanvar kuni ushbu Osiyo chempionatida ishtirok etish uchun Xitoyga jo'nab ketadi. Terma jamoa bosh murabbiyi Ravshan Haydarov musobaqaga jo'nab ketish oldidan terma jamoa yaxshi tayyorgarlik ko'rgani va Xitoyga yaxshi kayfiyatda yo'l olayotganini takidladi.

"Osiyo chempionatiga har tomonlama tayyorgarlik ko'rdik. Ayni damda terma jamoaga eng munosib hamda har tomonlama kuchli 23 nafar futbolchini jalb etdik. Osiyo chempionatida faqat yaxshi natija ko'rsatishga harakat qilamiz. Terma jamoaga sharoit yaratib bergan, mashg'ulotlar va xorij yig'inlarini tashkil etgan O'zbekiston Futbol Federaciyasi rahbariyatiga katta rahmat. Biz oldimizga katta vazifa va maqsadlar qo'yganmiz. Osiyo chempionatiga faqat g'alaba va chempionlik uchun yo'l olayapmiz", - deydi O'zbekiston U-23 terma jamoasi bosh murabbiyi.


“Biz turnirda munosib tarzda ishtirok etishni etishni maqsad qilganmiz. Boisi, bungacha o'smirlar va yoshlar terma jamoalari Osiyo chempionatiga yo'llanma olisha olmadi. Bu esa, bizga ikki karra masuliyat yuklaydi. Buni barcha his qilmoqda”.

“Tailanddagi turnir biz uchun juda ham foydali bo'ldi. U erda nafaqat natija, balki taktik va uslubiy jihatdan ham ancha muvaffaqiyatga erishdik. Turnir davomida turli taktik usullarni amalda sinadik. Ancha foydali va har tomonlama kerakli turnirda ishtirok eta oldik deb o'ylayman”, - dedi Haydarov.

“Xitoyga uchib ketish oldidan Toshkentda o'quv-mashg'ulot yig'inini o'tkazdik. Qolaversa, Qarshida “Nasaf” bilan ikkita nazorat uchrashuvida maydonga tushdik va buning uchun ushbu uchrashuvlarni o'tkazishda bizga labbay deb javob bergan “Nasaf” ustozi Ro'ziqul Berdievga katta tashakkur. Ushbu uchrashuvlardan so'ng tarkib borasida bir to'xtamga keldik va tarkibni tanladik”.

Ushbu matbuot anjumanida ishtirok etgan O'zbekiston U-23 terma jamoasi futbolchilari ham musobaqa oldidan o'z fikrlarini bildirishdi.

Zabihillo O'rinboev (O'zbekiston yoshlar terma jamoasi sardori):
“Turnirda yaxshi ishtirok etib, barchani xursand qilishga harakat qilamiz. Musobaqaga faqat g'alaba uchun yo'l olamiz”.



Javohir Siddiqov (Yarim himoyachi): “Aytishim mumkin, biz rasmiy musobaqalarda ishtirok etadigan yagona terma jamoa hisoblanamiz. Bu biroz yoqimsiz bo'lsa ham, haqiqat. Bu esa, bizga yanada katta masuliyat yuklaydi. Biz ham muxlislar ishonchini oqlashga harakat qilamiz. Turnirda faqat chempionlik uchun kurashamiz”.


Doston Hamdamov: (Hujumchi): “Ushbu musobaqada munosib ishtirok etishni va yurtimizga yaxshi natijalar bilan qaytishni maqsad qilganmiz. Barchaning etibori bizda va biz ham shunga yarasha muxlislarni xursand qilishni istaymiz”.


Reyting: -4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика