So’nggi yangiliklar

23:00Томас Парти Испанияга қайтмоқда — Here We Go!  0 22:54"Тоттенхэм" "Ал Ҳилол" ҳужумчисини сотиб олиши мумкин  0 22:33"Боруссия" электромобил ишлаб чиқарувчиси билан ҳамкорлик қилади  0 22:05Суперлига. ОКМК Санчеснинг дубли эвазига "Пахтакор" майдонида ғалаба қозонди  66 21:36"Боруссия" АПЛдан 25 млн еврога ўйинчи сотиб олиши мумкин  0 21:08Жек Грилиш "Эвертон"га ўтиши мумкин  0 20:37"Реал Мадрид" Родриго бўйича бирорта клубдан таклиф олмагани маълум бўлди  4 19:51"Эспаньол" Лукас Васкесни таркибга қўшиб олмоқчи  0 19:22МЮ "Лейпциг"га Шешко учун катта сумма таклиф қилди  2 18:49Суперлига. "Пахтакор" – ОКМК. Таркиблар маълум  6 18:36"Ювентус" Тоналини харид қилмоқчи  1 18:09ФИФА собиқ ҳаками вафот этди  1 17:46Диёра Ҳабибуллаева – "Севинч" аъзоси!  0 17:30Суперлига. 17-тур дисквалификациялари: "Динамо", "Сўғдиёна" ва "Андижон"да йўқотишлар бор  0 17:13МЮ "Реал" футболчиси учун йирик таклиф билан чиқмоқчи  7

Ravshan Haydarov: "Milliy terma jamoamiz o'yindan-o'yinga kuchayib bormoqda" Yangiliklar

Ravshan Haydarov: "Milliy terma jamoamiz o'yindan-o'yinga kuchayib bormoqda"

Taniqli mutaxassis Ravshan Haydarov Osiyo Kubogidan o'rin olgan O'zbekiston - Yaponiya uchrashuvi oldidan o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Avvalambor, yigitlarimiz keyingi bosqich masalasini muddatidan avval hal qilishgani bilan tabriklayman. Minimum vazifa bajarilgani tashqi bosimni kamaytiradi. Keyingi o'yinlarda futbolchilar yanada kuchliroq o'yin namoyish qilishlariga yordam beradi. Yaponiyaga qarshi o'yinda bosim yo'q bo'lsa-da, masuliyat bor. Futbolchilarimiz g'oliblik ruhini yo'qotmaslik uchun ham bu o'yinda g'alaba uchun harakat qilishadi.

Murabbiylar shtabi futbolchilarimizni Yaponiyaga qarshi o'yinga to'g'ri tayyorlashlariga ishonchim komil. Pley-off o'yinidan oldin Yaponiyaga qarshi uchrashuv juda ham qo'l keladi. Bu o'yinda g'alaba qozonadigan bo'lsak, o'zimizga bo'lgan ishonchimiz yanada ortadi. Futbolchilarimiz o'yindan-o'yinga kuchayib borishmoqda. Albatta, Yaponiya kuchli raqib. Lekin bizning yigitlar bugun chiroyli o'yin namoyish qilishlariga ishonaman.

Yaponiyaga qarshi o'yinda terma jamoamizga omad tilab qolaman!" - deydi Haydarov.


Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика