So’nggi yangiliklar

11:28Про лига. 9-турда қайси ҳакамлар ишлашади?   1 10:55“Челси“ сўнгги таклифини юборди  0 10:28“Бавария“ рози бўлди  1 10:05Кевин де Брюйне “Наполи“ билан келишув шартлари очиқланди  0 09:33Италия термасини бошқаришга асосий номзодлар маълум  3 09:02“Ал Насср“ МЮ юлдузини сотиб олиш учун ўз юлдузидан воз кечишга тайёр  1 08:31Криштиану Роналду Португалиянинг Миллатлар лигаси финалидаги ғалабаси ҳақида фикр билдирди  31 08:03ЦСКАни бошқариш учун иккита номзод бор  1 07:35ПСЖ футболчиси Испания — Португалия учрашувида энг яхши бўлди  4 07:09Неъматилло Қуттибоев: "Арислан Юсупбаев ва Аъзамжон Алиевларда жароҳат бор"  0 02:47Португалия — УЕФА Миллатлар лигаси соҳиби! Португаллар финалда испанларни пенальтилар серияси орқали мағлуб этишди  158 00:51Забарний "Борнмут"га ПСЖга ўтмоқчи эканини айтди, ҳимоячи учун 70 млн евро талаб қилишмоқда  1 00:25"Манчестер Сити"нинг 70 млн евролик бўлажак трансфери тиббий кўрикдан ўтди  2 23:50Жоб Беллингемнинг янги клуби маълум  0 23:22"Байер" Вирцни 140 млн евро эвазига "Ливерпуль"га сотадими?  4

Ravshan Haydarov: "Milliy terma jamoa? Mening bor etiborim U-23 jamoasiga qaratilgan" Yangiliklar

Ravshan Haydarov: "Milliy terma jamoa? Mening bor etiborim U-23 jamoasiga qaratilgan"

SHu kunlarda ko'pchilik O'zbekiston milliy terma jamoasining yangi bosh murabbiyi kim bo'lishini internet tarmoqlarida qizg'in muhokama qilmoqda.

Kecha ham saytimizning fikr qoldirish bo'limida deyarli har bir xabar tagiga muxlislar rosa yozishdi: "6 fevral kuni O'zbekiston milliy terma jamoasining yangi bosh murabbiyi elon qilinishi kerak edi. Qani murabbiy? Kim boshqaradi? Berilgan vada nima bo'ldi?"

To'g'ri, kecha O'FA birinchi vice-prezidenti Umid Ahmadjonov chet davlatga uchib ketdi. Lekin hech qanaqa Dubay yoki Eronga emas, balki Milliy olimpiya qo'mitasi rahbari sifatida Janubiy Koreyaning Pxenchyong shahriga yo'l oldi. CHunki u erda navbatdagi qishki Olimpiada o'yinlari bo'lib o'tadi.

Qizig'i, Umid Ahmadjonov "Futbol Ekspress" gazetasiga bergan intervyusida 6 fevral kuni kechki payt BAAga jo'nab ketaman, yangi murabbiy bilan 7 yoki 8 fevralda ko'rishishimiz kerak deb aytib o'tgandi. Ammo endi rejalar o'zgarib qoldi va Ahmadjonov Koreyaga yo'l oldi. Bundan ko'rinib turibdiki, bosh murabbiy masalasi yana ortga surilgan.

Bugun esa boshqa bir xabar tarqaldi. Emishki U-23 Osiyo chempionati chempioni Ravshan Haydarov milliy terma jamoaning vaqtincha bosh murabbiyi etib tayinlanibdi. Bu haqda o'quvchilarimiz tinmay "komment" qoldirmoqda va bizdan anig'ini bilib berishni so'rashyapti. Natijada bu gap qanchalik haqiqatga yaqin ekanligini bilish maqsadida Ravshan Haydarov bilan bog'landik.

Salom-alikdan so'ng Ravshan Akmalovich milliy terma jamoani boshqarish borasida umuman taklif tushmaganini aytib o'tdi:

- "Terma jamoani boshqarish? Menga bu haqda hali hech kim gapirgani yo'q. Buni endi sizdan eshitib turibman. Hozir bor etiborim U-23 terma jamoamizni Osiyo o'yinlariga tayyorlashga qaratilgan. SHu bois boshqa narsani umuman o'ylayotganim yo'q. Bilasiz, 21 va 25 mart kunlari vodiyda Saudiya Arabistoniga qarshi ikkita o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazamiz. Men qo'l ostimdagi jamoani shu o'yinlarga tayyorlayman".

Reyting: +86   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика