So’nggi yangiliklar

00:32Расман: "Милан" Павлович трансферини эълон қилди  0 00:01"Атлетико" "Барселона" ҳимоячисини сотиб олмоқчи  0 23:31ЕЧЛнинг янги формати тасдиқланди: анъавий гуруҳ босқичи ўтмишга айланди, қуръани махсус компьютер ўтказади  7 22:30Аёллар футболи афсонаси Марта ўзининг Олимпиададаги катта эҳтимол билан сўнгги ўйинида қизил карточка олди  1 21:43Расман: АПЛ "Манчестер Сити"ни жаримага тортди  2 21:18Килиан Мбаппе ўзи ўйнаган клубни расман сотиб олди  2 20:49Юрген Клопп қачон мураббийликка қайтиши ҳақидаги саволга жавоб қайтарди  3 20:25Расман: "Насаф" сербиялик вингер трансферини эълон қилди  8 19:46Суперлигада тоза ўйин вақти ошди  6 19:20"Боруссия" "Манчестер Сити" футболчисини сотиб олади  0 18:43Расман: U-20 Осиё кубогида чемпион бўлган футболчимиз легионерга айланди  8 18:18Флик "Барса" ҳақида: "Манчестер Сити"дек иш тутмоқчимиз"  0 17:41"Барселона" Европа чемпионининг трансфери устида ишлашни бошлади  3 16:53"Пахтакор" фахрийлари 11 август куни Минскда "Динамо"га қарши ўйнайди  8 16:11Ўзбекистон терма жамоаси амалдаги Жаҳон чемпионига қарши ўйнайди  9

Ravshan Haydarov matbuot anjumanida qanday savollarga javob berdi? Yangiliklar

Ravshan Haydarov matbuot anjumanida qanday savollarga javob berdi?

Bugun O'zbekiston U-23 bosh murabbiyi Ravshan Haydarov Osiyo chempionatidan oldin matbuot anjumanida ishtirok etdi.


- Xalqimizni kirib kelayotgan yangi yil bayrami bilan tabriklayman. 30 noyabrdan boshlab ushbu musobaqaga tayyorgarlikni boshladik. Tailandda bo'lib o'tgan M-150 xalqaro musobaqasida ishtirok etdik. Tayyorgarlikning qolgan qismini Toshkentda o'tkazdik. Qita chempionatida chempionlikni qo'lga kiritish uchun harakat qilamiz.

- Bu terma jamoani keyingi yilgi Osiyo o'yinlari va Tokio-2020 olimpiadasiga tayyorlash haqida o'ylab ko'rmadingizmi?

- Avvalombor bu chempionat 23 yoshgacha bo'lgan musobaqa. 20 yoshdan keyin futbolchilar muqim o'zini topa olmay yo'qolib ketishmoqda. O'zimizda ham bundaylar juda ko'p. SHu bois bu musobaqa juda dolzarb musobaqa. Agar bu Osiyo chempionati bo'lmaganida yoshlar yo'qolib ketishardi. Faqat Tokio-2020 olimpiadasini ko'zlagan holda jamoani 1997 yilda tug'ilgan futbolchilardan tashkil etishimiz mumkin edi. U holda 1995 yilda tug'ilgan futbolchilar nima qilishardi? Xitoyga ketadigan futbolchilarning 50 foizi olimpiya yoshidagi futbolchilar. Osiyo chempionatidan so'ng 23 yoshga kiradigan futbolchilar milliy terma jamoaga o'tib ketishi kerak. Qolgan o'yinchilarimiz esa 2020 yildagi Olimpiada o'yinlariga borish uchun nomzod bo'lishadi.  


- Rio-2016 saralash bosqichidagi muvaffaqiyatsizlik borasida nima deya olasiz.

- O'sha terma jamoa futbolchilar musobaqa boshlanishiga bir oy qolganda shakllantirilgan jamoa edi. Ularda o'yin tashkil qilish borasida muammo bor edi, ular tarqoq edi. Hozirgi jamoa esa 3-4 yildan beri birga o'ynab kelishmoqda. Bizning jamoadagi futbolchilar bir-birini yaxshi tushunishadi.

- Guruhdagi raqiblarimizning barchasi saralash bosqichida o'z guruhlarida birinchi o'rinni egallashgan. Raqiblar qanchalik tarzda o'rganildi?

- Qatar bilan ko'p o'ynaganmiz, ularning imkoniyatlarini yaxshi bilamiz. Xitoyga qarshi ham uchrashuvlar o'tkazganmiz. Faqatgina Ummon biz uchun sirli jamoa bo'lib turibdi. Ularni videolar yordamida o'rganyapmiz. Raqiblar safida atletik jihatdan kuchli o'yinchilar bor. Hammasini o'rganish jarayoni ketmoqda. Futbolchilarga barchasini ko'rsatib borayapmiz. Qatardagi Akrom Afifni ham yaxshi bilamiz. O'sha paytga borib kim kuchli bo'lsa o'sha yutadi.

- Osiyo chempionatida qanday natija qayd etilsa ham matbuot anjumanini o'tkazishga vada berasizmi?

- Albatta! SHaxsan men matbuotdan hech qachon qochmaganman. Yuzma-yuz ko'rishib fikr almashish yoqadi. Telefonda intervyu bergandan ko'ra.


- Terma jamoamizning o'yin strategiyasi va maqsad qo'ydingiz?

- Har bir o'yin olib borish uslublarini o'rgatib borayapmiz. Bu jarayon Osiyo chempionati saralash bosqichida boshlangan. Yodingizda bo'lsa, BAAda bo'lib o'tgan saralashda to'g'ri taktika tanlaganimiz uchun muvaffaqiyatga erisha oldik. FUtbolchilarning aqliy salohiyati oshgan. Tailanddagi turnir ham bizga as qotdi. U erda turli uslublarni sinab ko'rdik. Tailanddagi musobaqaning birinchi turida 10 kishi bo'lib o'ynashga to'g'ri keldi. Tanaffusda yigitlarga to'g'ri ko'rsatma berganimiz bois ular ijobiy natijaga erishishdi. Vetnamga qarshi o'yinda natija uchun o'ynashimiz kerak edi. Bor imkoniyatdan foydalanib o'yinni nazorat qilish va kuchni saqlashga urindik. Yaponiya bilan o'yinda tezkor hujumlar juda muhim ahamiyat kasb etadi. Bizda ham shunday futbolchilar bor. Ishlaydigan sifatlarimiz bor. Standart vaziyatlardan so'ng to'pni qaytarish ustida ish olib borilmoqda. Bu ustida hali ishlaymiz deb o'ylayman.  

- Tailanddagi musobaqa vaqtida sizga natija muhim deb aytishdi. SHu bois rejalaringiz amalga oshmay qolgandi? Toshkentda ularni to'g'rilay oldingizmi?

- Tailandda barcha futbolchilarning xizmatidan foydalana olmadim, faqat shu kamchilik bo'ldi. Yurtimizda ob-havo yaxshi bo'lgani uchun Qarshida "Nasaf" bilan ikkita o'yin o'tkazdik. Buning uchun Ro'ziqul Berdievga minnatdorchilik bildiraman. Bu bahslardan jamoam juda katta foyda oldi. Kuni kecha "Metallurg"ga qarshi bahsdan keyin 23 kishilik tarkibni aniqlab oldim.

- "Nasaf" va "Paxtakor" klublari 30 yanvar kuni OCHL saralash bosqichida ishtirok etadi. Agar O'zbekiston U-23 terma jamoasi finalga chiqadigan bo'lsa, so'nggi o'yinni 27 yanvar kuni o'tkazadi. Agar O'FF sizga aniq maqsad qo'ymaganida "Nasaf" va "Paxtakor" futbolchilarini qoldirib ketishingiz mumkinmidi?

- Bu borasida hech qanday muammo yo'q. Klub rahbarlari ham, murabbiylari ham hech qanday etiroz qilishmadi. Osiyo chempionatining nufuzini pasaytirishga harakat qilayotgangiz menga yoqmayapti. Bu rasmiy musobaqa. Qita chempionati. Unda mamlakat sharafini himoya qilamiz. Terma jamoa manafaati birinchi o'rinda turadi. Olimpiada yo'llanma beradimi yoki yo'qmi buni farqi yo'q. Ro'ziqul Berdiev xattoki finalga chiqib yutinglar va undan keyin OCHL pley-offda o'ynayverishadi deb aytdi.

- Agar siz Ro'ziqul Berdievning o'rnida bo'lgangizda nima bo'lardi?

- Men ham terma jamoa manfaati yo'lida futbolchilarimni berardim. SHubha qilmasangiz ham mayli. Men terma jamoa murabbiyi bo'lib klublarni qiyin ahvolga solishga urinamaganman. Masalan, Javohir Sidiqovni "Qo'qon-1912"dagi o'yinini o'tkazgani uchun ertasi kuni Rossiya bilan o'rtoqlik uchrashuvida yarim taym o'ynagandi.


- Otabek SHukurov hech kimdan so'ramay BAAga ketib qolgan degan gaplar tarqaldi...

- Yo'q. SHukurov shaxsan mendan ruxsat so'rab BAAga bordi. U milliy terma jamoa azosi. Klubi borasida hali bir to'xtamga kela olmagan futbolchi Osiyo chempionatida qanday o'yin namoyish etishi mavhum bo'lardi. SHu bois mendan va "Bunyodkor" rahbariyatidan ruxsat so'rab BAAga borib yangi klubi bilan shartnoma tuzib keldi. Ertaga u terma jamoa ixtiyoriga etib keladi va Xitoydagi Osiyo chempionatiga boradi.

- Yangi yil arafasida turibmiz. 31 dekabr kuni futbolchilar ko'p ovqat tanovul qilishi yoki ichimliklar ichishidan qo'rqmayapsizmi?

- Yo'q bundan ham muammo yo'q. Bizdagi har bir futbolchi professional. Ular bir oydan ortiq vaqt davomida mehnat qilishdi. Mana shu mehnatlarini qadrlashadi. Bir kun yoki bayram uchun mana shu mehnatni zoe ketkazmasliklariga ishonaman. O'tgan kun barcha o'yinchilardan normativ qabul qildik. Natijalar ijobiy bo'ldi. 2 yanvar kuni futbolchilarni yana bir marta tekshiruvdan o'tkazamiz. Buni futbolchilar yaxshi tushunishadi va masuliyatni tushunib turibishibdi.

- Osiyo chempionati orqali futbolchilar o'zlarini xorij klublariga reklama qilib olishlari ham mumkin...

- To'g'ri. Futbolchilar buni ham tushunib turibdi. Yigitlar avvalo mamlakat terma jamoasi sharafini himoya qilishadi. Keyingi o'rinda esa o'z faoliyatlarini ham yangi pog'onaga olib chiqish imkoniyati bo'ladi.



Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика