So’nggi yangiliklar

11:34Қирғизистон клуби "Қўқон-1912"ни мағлуб этди  0 11:21"Машъал" андижонлик футболчи билан шартнома имзолади  1 10:50"Нефтчи"ни яна бир тажрибали футболчи тарк этиши мумкин  1 10:16"Ливерпуль" футболчиси Италияга қайтишга яқин  3 09:47"Хоразм" легионери билан хайрлашди  1 09:14Одил Абдумажидов фаолиятини юртимизда давом эттиради  1 08:40"Нефтчи" яна бир легионер футболчи билан хайрлашишга яқин  11 08:13“Мираброр Усмонов кубоги-2025”. Бугун Саудия Арабистонига қарши баҳс олиб борамиз  5 07:30Саудия Арабистони футболчилари Ўзбекистон U-23га қарши баҳс олдидан нималар деди?  0 00:50"Бавария" "Ливерпуль"га Диас учун 70 миллион евро ва бонуслар таклиф қилади  0 00:15"Аталанта" Ретегини 65 млн. еврога сотди  4 00:12МЮ "Брентфорд"нинг энг яхши тўпурари Мбемони 65+6 миллион фунтга сотиб олди  4 23:48Сауль Туркияга кўчиб ўтиш фикридан қайтди. Нега?  0 23:13As ўқувчиларининг 72% "Реал" Винисиус билан шартнома узайтиришини хоҳламайди  4 22:45"Реал" ва яна бир қатор жамоалар клублар ўртасидаги ЖЧ ҳар 2 йилда ўтказилишини хоҳлашмоқда, ФИФА эса...  3

Ravshan Haydarov: "Kam gol uryapmiz, lekin biz yarim finaldamiz" Yangiliklar

Ravshan Haydarov: "Kam gol uryapmiz, lekin biz yarim finaldamiz"

O'zbekiston U-20 terma jamoasi bosh murabbiyi Ravshan Haydarov va terma azosi Po'latxo'ja Xoldorxonov U-20 Osiyo Kubogi yarim finali doirasida o'tadigan Koreya Respublikasiga qarshi uchrashuv oldidan matbuot anjumanida qatnashdi.

"Jahon chempionatiga chiqqan barcha terma jamoalarni tabriklayman! Stadionni to'ldirib, yigitlarga kuch berib turganlar muxlislarga rahmat aytaman. Yigitlarga matonat ko'rsatgan, tarbiyalagan ota-onalari, murabbiylariga minnatdorchilik bildiraman. Oldimizda qo'yilgan birinchi katta vazifani bajarganimizdan xursandmiz. 

Albatta, o'tgan o'yinda ko'p kuch va hissiyotlarni yo'qotdik. Bu g'alaba harakatlarga arziydi. Koreya Respublikasi bilan ham shiddatkor va qiziqarli o'yin bo'lishi shubhasiz. SHunday xarakterdagi o'yinga tayyorgarlik ko'rmoqdamiz", – dedi Ravshan Haydarov. 

"Barchani Jahon chempionati yo'llanmasi bilan tabriklayman. Oldindagi maqsadimiz esa – chempion bo'lish. SHu yo'lda harakat qilyapmiz", – dedi Po'latxo'ja Xoldorxonov.

- O'tgan musobaqalarda futbolchilarning darajasi bir-biriga yaqin bo'lgan va nisbatan sizga osonroq edi. Bugun Abbos Fayzullaev, Umarali Rahmonaliev, Po'latxo'ja Xoldorxonovni aytmaganda, qolganlar hali u darajaga chiqqani yo'q. Bu omil sizga qiyinchilik tug'dirmayaptimi?

- Sizni ko'rishingiz bo'yicha shunday bo'lsa kerak. Qolgan futbolchilarning darajasi terma jamoaga mos, shu uchun taklif qilganmiz. Umarali, Po'lat, Abbos klubda ertaroq maydonga tushgani uchun ko'ringan.  Qolgan futbolchilarning darajasi past, degan fikrdan yiroqman. 11 nafar darajasi yuqori futbolchi bo'lgani bilan jamoaviy o'yin bo'lmasa qiyin. Futbolchilardan jamoaviy o'yinni talab qilamiz.

- O'zbekiston ham, Koreya Respublikasi ham guruh bosqichida 1 ta to'p o'tkazdi. Raqibimiz shu vaqtgacha 9 ta, biz 4 ta gol urdik. Sermahsullik Koreyada ancha yaxshiroq. Bu ertaga muammo tug'dirmaydimi?

- Jamoa yutishi uchun gol urishi kerak. Yigitlar harakat qilyapti. O'ylaymanki, bo'lajak o'yinlarda, ertaga vaziyatlarni golga aylantirishga harakat qilamiz. Koreyaga qarshi ikkinchi raqam ostida o'ynashmoqda. Baquvvat hujumchilar, tezkor yarim himoyachilar gollar yaratishdi. Gollarimiz kam, ammo biz yarim finaldamiz. 

Murabbiyning fikrlaridan so'ng Po'latxo'ja Xoldorov yana so'z oldi va quyidagilarni aytib o'tdi:

"Hozir hammasi ajoyib. O'tgan bahsda muxlislar stadionda ajoyib muhit yaratildi. Keyingi o'yinlarda ham ishqibozlarni kutib qolamiz. Bu biz uchun bosim yuklamaydi, aksincha, kuch beradi. Koreya – kuchli terma jamoa. Ularning kuchli va kuchsiz taraflarini o'rganib chiqqanmiz. Murabbiylar shunga yarasha taktika tanlashyapti".

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика