So’nggi yangiliklar

18:31Артём Петросян: "Локомотив" футболчилари Суперлига даражасида. Улар бежиз лига пешқадами эмаслигини кўрсатишди"  0 18:05"Севилья" — "Барселона". Таркиблар маълум  4 18:01ОПЛ. "Сабаҳ" меҳмонда "Карван"дан устун келди, Раҳмоналиев 89 дақиқа ўйнади  0 18:00"Нефтчи" — "Андижон" 1:0 (Матнли трансляция)  27 18:00Про лига. "Арал" "Жайхун"ни, "Локомотив" "Олимпик"ни мағлуб этди  1 17:36"Қизилқум" — "Машъал". Таркиблар маълум  0 16:33Суперлига. "Насаф"нинг қоқилиши интригани қайтарадими? "Нефтчи" учун ажойиб имконият  5 16:21Суперлига. "Шўртан" - "Сўғдиёна" 1:2 (матнли трансляция)  5 14:50"Чақирувдан хурсандман, боримизни бериб ҳаракат қиламиз" - Анваржон Ҳожимирзаев "Сурхон" устидан ғалаба ва миллий жамоага таклиф этилгани ҳақида  8 14:25"Наполи" Англия терма жамоаси ярим ҳимоячисини нишонга олди  1 13:58Бруну Фернандеш "Манчестер Юнайтед"дан кетиши мумкин  5 13:27"Реал" Родри учун қанча тўлашга тайёрлиги маълум бўлди  5 13:01"Арсенал" "Реал"нинг ёш юлдузини сотиб олмоқчи  0 12:38Футзал. Ўзбекистон чемпионатида 2-тур якунланди. Мусобақа жадвали, рамзий терма жамоа ва тўпурарлар пойгаси  1 12:11Элит ОЧЛ. Ўзбекистонлик ўйинчи 2-тур рамзий терма жамоасида ўрин олди  1

Ravshan Haydarov: "Hisob o'yinga mos bo'lmadi" Yangiliklar

Ravshan Haydarov: "Hisob o'yinga mos bo'lmadi"

Coca Cola Superliga 12-turidan o'rin olgan "Surxon" - "Metallurg" (1:2) uchrashuvidan keyin mezbonlar ustozi Ravshan Haydarov o'z fikrlarini bildirdi.

"Oxirgi 5-10 daqiqani inobatga olmaganda o'yinni yaxshi o'tkazdik deb hisoblayman. Omadsiz uchrashuvlar seriyasini davom etmoqda. Afsuski, yana so'ngi daqiqalarda gol o'tkazib yuborib mag'lubiyatga uchradik. Lekin, umuman olganda yomon o'ynamadik. Vaqti-vaqti bilan hujumlar uyushtirib turdik. Qarshi hujumlarda vaziyatlar hosil qildik. Ikkinchi bo'limda  "Metallurg" jamoasi o'yinni kuchaytirdi. Biz esa himoyaga o'tirib qoldik, to'p nazoratini ham raqibga topshirdik. Hisob o'yinga mos bo'lmadi.

Oxirgi daqiqalarda bizda kuch qolmadi. Hisobni saqlab qolish sindromi, vaziyatlardan foydalana olmaslik pand berdi. Zaxiradan maydonga tushgan futbolchimiz tez jaroxat oldi, yana bir nechta o'yinchilarimiz bugun jaroxat sabab ishtirok eta olmadi.

Natija o'xshamayotgani haqida? Masalan bugun ham yosh futbolchilar taktik jihatdan yomon harakat qilmadi, qanotlarda o'ynashdi. Ularga tajriba etishmadi. SHunday o'yinlar orqali ular tajriba to'plab borishadi. Umumiy qilib aytganda omad etishmadi bu o'yinda. Oxirgi daqiqalarda konsentraciyani ushlash va natija uchun o'ynashni o'rganishimiz lozim",- deydi Ravshan Haydarov.



Reyting: -6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика