So’nggi yangiliklar

13:38Феликс 44 млн фунт эвазига "Челси"дан Саудия Арабистони клубига ўтишга яқин  1 13:04Салиба "Реал"нинг қизиқиши фонида келажаги борасида қарор қабул қилди  2 12:23Брунунинг дубли МЮга АҚШдаги ўртоқлик ўйинида "Вест Хэм" устидан ғалаба келтирди  1 11:50"Атлетико" Бундеслигадан футболчи харид қилишга яқин турибди  2 11:20"Бавария" Диасни "Ливерпул"дан катта маблағ эвазига сотиб олишга яқин турибди  1 11:15"Бухоро"нинг тайёргарлиги, янги футболчилар, ёшлар ёхуд Улуғбек Бакаев иккинчи даврада юқорилашга умид қилмоқда   2 10:42"Челси" футболчиси "Ал Насср"га ўтишга яқин  4 10:05Виктор Гёкереш нима учун "Арсенал"ни танлаганини тушунтириб берди  4 09:37Шоҳруз Норхонов иккинчи даврани қайси жамоада бошлаши маълум  8 09:02"Бунёдкор" Качоррининг ўрнига Черногория U-21 терма жамоаси аъзоси билан шартнома имзолайди  5 08:26Файзуллаевнинг "Истанбул Башакшехир"даги маоши маълум  14 07:45ОКМК "Андижон"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  18 00:49Шахзод Азмиддинов "Пахтакор" билан хайрлашди  13 00:15Ўзбекистон U-17 терма жамоаси "Чертаново" билан дуранг ўйнади  7 23:57"Реал" Конатени нишонга олди  2

Ravshan Haydarov: "Maqsadimiz – Osiyo chempioni bo'lish va Jahon chempionatiga chiqish" Yangiliklar

Ravshan Haydarov: "Maqsadimiz – Osiyo chempioni bo'lish va Jahon chempionatiga chiqish"

1 martdan O'zbekiston yashil maydonlarida start oladigan U-20 Osiyo Kubogi bahslari oldidan barcha jamoalar bosh murabbiylari ishtirokida matbuot anjumani o'tkazilmoqda.

Unda O'zbekiston U-20 terma jamoasi bosh murabbiyi Ravshan Haydarov ham qatnashdi hamda ertangi Suriyaga qarshi uchrashuvdan oldin quyidagi fikrlarni bildirdi. 

"Avvalambor, Assalomu alaykum. Mehmonlar, jamoalar va musobaqa tashkilotchilariga xush kelibsiz, deb qolaman. Ertangi musobaqaga yigitlar katta ishtiyoq bilan tayyorlanishgan. Umuman, kurashlarga tayyormiz", – deydi Ravshan Haydarov.

- Jamoa oldiga qanday maqsad qo'yilgan? 

- Bu musobaqaga har bir jamoa katta maqsadlar bilan kelgan. Biz ham oldimizga oliy maqsad qo'yganmiz – Osiyo chempioni bo'lish va Jahon chempionatiga chiqish. 

- Bu yosh toifasidagi raqiblarni o'rganish qiyin. Turnirdagi terma jamoalar haqida malumot sizda malumot bormi?

- Pandemiya sabab mazkur yoshdagi terma jamoa azolari rasmiy xalqaro o'yinlarda qatnashishmadi. SHu bois bunday muammo hamma terma jamoada bo'lsa kerak. Biz saralash bahslari, o'rtoqlik o'yinlari orqali ularni o'rgandik. Raqiblar haqida tasavvurga egamiz. 

- Avvalgi ishlagan jamoalaringizga qaraganda bu terma jamoa futbolchilarida xalqaro tajriba kam. Bu qiyinchilik tug'dirmaydimi?

- Yuqorida ham aytganimdek, pandemiya sabab o'smirlik davrlarida ko'p musobaqalarni o'tkazib yuborishdi. O'tgan bir yil davomida ko'plab xalqaro turnirlar, o'rtoqlik uchrashuvlari orqali o'sha tajribani etkazishga harakat qildik. 

- Abbos Fayzullaevning holati qanday? Umuman, boshqa yo'qotishlar yo'qmi?

- Barchalari shay holatda. Kichik jarohatlarni tezda bartaraf etishga harakat qildik.

O'zbekiston – Suriya uchrashuvi ertaga "Bunyodkor" stadionida 19:00 da boshlanadi.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика