So’nggi yangiliklar

20:27Александр Хомяков: "Раҳбарият янги мутахассис излаётган экан, демак улар мендан мамнун эмас"  0 20:13"Ланс" — "Марсель". Ҳусанов дисквалификация сабаб ўйинни ўтказиб юборади  1 19:44"Арсенал" - "Ноттингем Форест". Таркиблар билан танишинг  0 19:35"Челси" ғалаба қозонди ва жадвалда 3-ўринга чиқиб олди  1 19:27Илёс Зейтуллаев: "Йигитлар сўнгги учрашувларда асосий ва захира деган тушунчалар йўқлигини тушунишди"  1 19:21Суперлига. "Андижон" "Динамо"ни йирик ҳисобда мағлуб этди ва Суперлигада ўрнини сақлаб қолди  13 19:09Денис Коростиченко: "Бунёдкор" захираси бизникидан кучлироқ экан"  0 18:47Туркия. Алиқулов жамоаси иродали ғалабага эришди  0 18:20"Ростов" сўнгги 15 дақиқаликдаги 2та гол туфайли ЦСКАдан ғалабани юлиб олди  7 18:00"Севинч" - 14 карра Ўзбекистон Кубоги соҳиби!  3 17:42"Матч ТВ" графика оператори ишсиз қолди. Нега?  7 17:07Суперлига. "Бунёдкор" "Олимпик"ни мағлуб этди ва хавфли зонадан узоқлашди  1 16:10МЮдагилар ёзда 42,5 млн. еврога сотиб олинган футболчига шубҳа билан қарашмоқда  0 15:43ЦСКА - "Ростов". Таркиблар эълон қилинди  7 14:48Гвардиола: "Манчестер Сити"га дунёнинг энг яхши футболчиси етишмаяпти"  18

Ravshan Haydarov: Jamoa bilan hali ko'p ishlashim kerak Yangiliklar

Ravshan Haydarov: Jamoa bilan hali ko'p ishlashim kerak

Myanmadagi Osiyo chempionatida JCH-2015 yo'llanmasini qo'lga kiritgan O'zbekiston yoshlar terma jamoasi oldidagi masuliyat endi yanada oshadi. Kichik mundial kelasi yilning 30 may kuni Yangi Zelandiyada start oladi.
O'FF Terma jamoalar markazi yoshlarimizning bo'lajak JCHga munosib tayyorgarlik ko'rishlari uchun barcha sharoitlarni yaratib berishni rejalashtirmoqda. Biz shu xususda, bosh murabbiy Ravshan Haydarovdan maxsus intervyu oldik.

- Birinchi galda, jahon chempionati yo'llanmasi qo'lga kiritilgani bilan futbol ishqibozlari, mutaxassislar, barcha-barchani jamoamiz nomidan tabriklayman,-deya gap boshladi yoshlarimiz ustozi. - Safarga jo'nab ketish oldidan jamoamiz oldiga JCH yo'llanmasi bilan qaytish vazifasi qo'yilgan edi. Asosiy vazifani bajarganimizdan xursandman. Garchi ilk maqsadga erishgan bo'lsakda, jamoada hali amalga oshirish zarur islohotlar ko'p. Buni Osiyo chempionatidagi o'yinlarimiz ko'rsatdi. O'ziga yarasha pasayishlar kuzatildi. Qisqasi, o'yinlar nimalar ustida ko'proq ishlashimiz, yigitlarning ochilmagan qirralarini kashf qilish yo'nalishida izlanishimiz kerakligini ko'rsatdi. SHaxsan menga JCH yo'llanmasini taqdim etgan chorak final (Tailandga qarshi) uchrashuvi maqul keldi. Yigitlar aynan shu o'yinga katta etibor qaratishdi.

- Qaysidir manoda terma jamoani yarim yo'lda qabul qilib olganingiz ham natijalarga tasir o'tkazgandir?
- Avvalo, menga ishonch bildirgan O'FF Terma jamoalar markaziga minnatdorchilik bildiraman. Istalgan yosh toifasidagi terma jamoaga murabbiylik qilish - ulkan sharaf. Albatta, katta masuliyat bilan ishga kirishdim. 3 oy mobaynida 4ta xalqaro o'quv-mashg'ulotlar yig'ini o'tkazdik. Bir nechta xalqaro o'rtoqlik uchrashuvlari tashkil etdik. Bir so'z bilan aytganda, Osiyo chempionatiga munosib tayyorgarlik ko'rdik. SHuncha sharoitlar yaratib berilganidan keyin JCHga chipta olmasak, uyat bo'lardi.

- JCH yo'llanmasi naqd qilingach, futbolchilarda xotirjamlikka berilish holatlari avval ham kuzatilgan. SHogirdlaringiz misolida bunga yana bir bor guvoh bo'ldik. Bu narsani engib o'tish uchun nima qilish kerak?
- Yosh futbolchilar ruhiyati bilan bog'liq kamchiliklar tabiiy hol. Bu borada ish olib bordik. Psixologlar bilan ishladik. 3 oy davomida jamoa o'yin uslubini shakllantirishga katta etibor qaratdik. Balki men qisqa fursatda yigitlarning ichki dunyosi, nimalarni o'ylayotganini bilolmagandirman. KXDR bilan o'yinda aynan shu narsa pand berdi. Bilmadim, futbolchilar oldiga JCH yo'llanmasi emas, Osiyo chempionligini qo'lga kiritish vazifasini qo'yish kerakmi? Yangi Zelandiyada o'tkaziladigan JCH-2015ga tayyorgarlik yo'lida bu narsalarga jiddiyroq qarayman.

- Bir necha yil avval O'zbekiston milliy jamoasida ham bosh murabbiy lavozimida ishladingiz. Orada klublarni boshqardingiz. SHu davr mobaynida Osiyoda futbol tendenciyasi qanday o'zgarayotganiga etibor qaratdingizmi?
- Osiyo chempionati shuni ko'rsatdiki, qitamizda terma jamoalarning kuchi tenglashib boryapti. Oddiy misol - Myanma. Ko'pchilik mezbonlarga devorlar ham yordam beradi, deb o'ylaydi. Bu omilni inkor etmaymiz. Lekin haqiqatan ham, Myanma terma jamoasi juda yaxshi taassurot qoldirdi. Uning natijasi tasodif emas. Tasodif bitta o'yinda bo'lishi mumkin. Lekin yarim finalgacha etib borish... Odatda SHarqiy Osiyo mamlakatlari jamoalarida bo'yi past o'yinchilar ko'pchilikni tashkil etishadi. Ammo Myanmada bo'ydor futbolchilar etarli ekan, ayniqsa, darvozaboni. Eron, Yaponiya, Janubiy Koreya termalarining yarim finalga etib kelolmaganliklari Osiyoda kuchlar tenglashib borayotganini yana bir bor isbotladi.



- JCH-2015 final bahslari 30 may kuni start olishi belgilab qo'yilgan. Sizda kichik mundialga munosib tayyorgarlik ko'rish uchun vaqt etarli. Umuman, rejalar tasdiqlandimi?
- Kuni kecha O'FF TJMda Murabbiylar kengashining hisobot-yig'ilishi o'tkazildi. Unda har bir jamoa, xususan, yoshlar termasi hisoboti ham tinglandi. Yig'ilish yakunida rejalar muhokama qilindi. Osiyo chempionatiga yaxshi sharoitlar yaratib berildi. Tabiiyki, JCHga tayyorgarlik bundan kam bo'lmaydi. Eng muhimi, o'rtoqlik o'yinlari uchun raqib tanlashda muammolarga duch kelmaymiz. JCH ishtirokchilari o'rtasida turnirlar tashkil etish kutilyapti. Bu borada ishlar boshlangan. Faqat bir narsa borki, JCH ishtirokchilari hali to'liq aniqlanmagan. Fevral oyida JCHning final bosqichiga qura tashlanadi. Biz uchun qura ham muhim. Guruhdagi raqiblarimizga qarab, o'rtoqlik uchrashuvlariga jamoa tanlaymiz. Masalan, Osiyo chempionatidan bir oycha oldin Tailand termasi bilan o'rtoqlik o'yini o'tkazgan edik. Taqdir taqozosiga ko'ra, JCH-2015ga beriladigan yo'llanma uchun aynan tailandliklar bilan o'ynashimizga to'g'ri keldi. O'ylashimcha, JCH oldidan iqlimi Yangi Zelandiyanikiga o'xshash mamlakatlarda yig'inlar tashkil etiladi. Bizga katta ishonch bildirishyapti. Buni yigitlar bilan oqlashga astoydil harakat qilamiz. Muhimi, JCHda shunchaki, ishtirok etmasdan, yaxshi taassurot qoldirib, pley-off bosqichiga chiqishni maqsad qilganmiz. Tarkibimizda mundial havosidan bahra olgan futbolchilarning borligi katta yutuqlarimizdan biri. 

- Selekciya jarayonini davom ettirasizmi yoki JCH-2015ga hozirgi tarkib bilan tayyorgarlik ko'riladi?
- Selekciya davom etadi. Birinchi galda, darvozabon masalasini hal qilishimiz kerak. Bu poziciyada muammolar bor. Hujum chizig'idan ko'nglim to'q. Osiyo chempionatida 3 nafar hujumchi bilan o'ynadik. Men faqat terma jamoada ishlayapman va bor etiborimni selekciya jarayoniga qarataman. Masalan, Samarqandning Dinamo jamoasida mavsumni deyarli asosiy tarkibda o'tkazgan Firdavs Abdusalimovni olaylik. Bu futbolchini anchadan beri kuzatib kelayotgandim. Osiyo chempionatida ishonchimizni oqladi. Bunday istedodlar etarli. Faqat ularni o'z vaqtida kashf etish kerak.


Kamoliddin ALIMOV suhbatlashdi
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика