So’nggi yangiliklar

08:23Sofascore. “Ризеспор“ мағлуб бўлган баҳсда Алиқулов неча баҳога лойиқ кўрилди?  0 07:56ОФК Чақирув кубоги. Қўшниларимиз бош совринга эга чиқишди  4 07:25Мессининг голи ҳам “Интер Майами“га йирик мағлубиятдан қутилиб қолишга ёрдам бермади  2 01:59ЛаЛига. "Атлетико" Сорлотнинг 23 дақиқадаги покери эвазига йирик ғалаба қайд этди  1 01:18Муҳаммад Салоҳ: "Буни ҳеч ким кутмаганди"  4 00:44Камолиддин Тожиев: "Морейра штабида ишлашим керак бўлганди"  14 00:09Илёс Зейтуллаев: "Қаршида "Насаф"дан очко олиш кўп нарсаларни англатади"  2 23:57Улуғбек Бакаев: "6:0 ҳисобида мағлуб бўлиш жуда оғриқли"  13 23:38Бундеслига. "Бавария" ўз майдонида ишончли ғалабага эришди, Мюллер "Альянц Арена" билан хайрлашди  4 23:18Рўзиқул Бердиев: "Насаф" ҳозир шу даражага етди-ки, дуранг ҳам ранжитяпти"  28 23:05Суперлига. ОКМКда камбек, "Пахтакор" йирик ҳисобда ғалаба қозонди, "Насаф" эса сўнгги дақиқаларда ғалабани қўлдан бой берди  0 22:58А Серия. "Ювентус" Римда 90+6-дақиқада ғалабани қўлдан чиқарди  18 22:40"Барселона" вингери: "Флик жамоани қандай қилиб бирлаштириш ва салоҳиятимизни очишни билади"  5 22:11Суперлига. Бир неча етакчисиз майдонга тушган "Пахтакор" "Бухоро"ни тор-мор этди  69 21:43Баҳром Ҳайдаров: "30 сонияда барчаси ўзгариб кетди"  2

Ravshan Haydarov: "Jahon chempionatiga boradigan tarkibni deyarli aniqlab oldim" Yangiliklar

Ravshan Haydarov: "Jahon chempionatiga boradigan tarkibni deyarli aniqlab oldim"

O'zbekiston yoshlar terma jamoasi bosh murabbiyi Ravshan Haydarov kechagi Qirg'izistonga qarshi o'yindan so'ng uchrashuv, Jahon chempionati haqida o'z fikrlarini bildirdi.
"Uch kunlik yig'inimiz doirasida Qirg'izistonga qarshi o'yin rejalashtirilgandi. Raqibimiz safida bizdan katta yoshdagi futbolchilar o'ynashadi. Bugungi bahsga jiddiy tarzda yondoshdik. Bugun birinchi bo'limda yaxshi o'ynadik. Ikkinchi bo'limda esa xotirjamlik deya olmayman, oddiy qo'pol xatolar sodir bo'ldi. Birinchi gol o'tkazib yuborilgan vaqtda markaziy himoyachilarimiz to'pni yo'qotishdi. Ikkinchi golga kelsak, Akrom Komilovning qo'pol xatosidan so'ng penalti belgilandi. Yigitlar bilan ushbu xatolarni ko'rib chiqamiz, tayyorgarlik jarayonida bu tabiiy holat", - deydi Ravshan Haydarov.

"Ushbu yig'inda ikki nafar asosiy futbolchimiz ishtirok etmadi. Javohir Sohibov va Odil Hamrobekov o'z klublari safida OCHLdagi muhim o'yinlarda ishtirok etishdi".

"Jamshid Boltaboev jarohati tufayli mundialga bormasligi aniq bo'ldi. U hali individual tarzda ham mashg'ulotlarni boshlagani yo'q. Boltaboev yarim himoyada ijodkor futbolchi hisoblanadi. Biroq uning o'rnini bosadigan o'yinchilar topiladi deb o'ylayman".



"11 maydan Toshkentda navbatdagi yig'inni boshlaymiz. Bu yig'in doirasida "Oq-tepa" bilan o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazamiz. 19 mayda yurtimizdagi yig'inni tugatamiz. 20 mayda yo'lga chiqamiz, 22 mayda Yangi Zelandiyaga etib boramiz. 2 kun o'tgach Vellingtonda Panamaga qarshi o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazamiz. 28 may kuni CHristchurch shahriga etib boramiz. Aynan o'sha erda Gondurasga qarshi ilk uchrashuvimizni o'tkazamiz".

"Jahon chempionatiga boradigan tarkibni shu kunlarda elon qilaman. Lekin jamoaning o'zagi deyarli aniq. Yig'inda 21 nafar futbolchi qatnashdi. Sohibov va Hamrobekovni qo'shsak 23 nafar bo'ladi".


Narzulla Saydullaev yozib oldi
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика